Google shaxsiy akkaunt foydalanuvchilari uchun Gemini modellaridan foydalanish shartlarini o‘zgartirmoqda. 9-oktyabrdan boshlab Google AI obunasiga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar Gemini Flash va Gemini Pro modellaridan foydalana olmaydi, bepul tarif esa Gemini Flash-Lite bilan cheklanadi. Bu haqda WebHill xabar berdi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar uchun limitlar so‘rovlarning murakkabligi, tanlangan funksiyalar va Gemini bilan suhbatlar davomiyligiga qarab hisoblanadi. Limitlar haftalik kvota doirasida har besh soatda yangilanadi. Pulli Google AI obunalarida esa foydalanish limitlari yuqoriroq bo‘ladi.
O‘zgarishlar Google AI Plus obunachilariga ham ta’sir qiladi. Ular Flash-Lite va Flash modellaridan foydalanishda davom etadi, biroq Gemini Pro modeli AI Pro va AI Ultra tariflariga o‘tkaziladi. Kompaniya AI Plus foydalanuvchilariga o‘zgarishlar akkauntlarida qachondan kuchga kirishi haqida alohida xabar yuborishini ma’lum qilgan.
Google AI Pro obunachilari esa Deep Think funksiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Avval mazkur funksiya faqat AI Ultra foydalanuvchilariga taqdim etilgan.
Google shuningdek, modellarda yuklama darajasini past, o‘rta yoki yuqori darajada tanlash mumkinligini bildirgan. Daraja oshgani sari model murakkab topshiriqlarni batafsilroq bajaradi, biroq foydalanish limiti tezroq sarflanadi.
Shunday qilib, 9-oktyabrdan boshlab obunasiz foydalanuvchilar uchun Gemini’ning bepul versiyasida faqat Flash-Lite modeli qoladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!