Muloqotda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar hamkorlikning barcha yo‘nalishlarda faollashib borayotganini qayd etdi. Tovar ayirboshlash hajmi o‘sayotgani, transport, energetika, geologiya, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida o‘zaro manfaatli sheriklik davom etayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, hududlar o‘rtasidagi hamkorlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar masalalari ko‘rib chiqildi. Yetakchilar mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashib, bo‘lajak ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!