O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va jinsiy tajovuzlar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi. Hujjat bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilmoqda.
Qonun loyihasida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va jinsiy tajovuzlar uchun jazo choralarini kuchaytirish, jabrlangan bolalarni huquqiy himoya qilish, bunday holatlarning oldini olish hamda mas’ul tashkilotlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirishga qaratilgan normalar aks etgan.
Hujjatga ko‘ra, 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatlari uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasiga munosabat bildirgan Alisher Qodirov esa qasddan odam o‘ldirgan, ayniqsa bolalarga qarshi qotillik sodir etgan shaxslar uchun o‘lim jazosini qo‘llash masalasini ilgari surdi. U o‘z chiqishida Norvegiyada 2011-yilda 77 kishini o‘ldirgan Anders Behring Breivik misolini keltirib, mahkumlarning huquqlari va ularga yaratiladigan sharoitlar masalasida xalqaro huquqdagi yondashuvni tanqid qildi.
Qodirovning fikricha, o‘lim jazosini bunday jinoyatlar uchun qo‘llash kelgusida shu kabi qotilliklarning oldini olish va jinoyat sodir etishga moyil shaxslar uchun ogohlantiruvchi omil bo‘lishi mumkin. U mazkur masalada o‘z pozitsiyasini bildirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!