6-oktabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Respublika hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati +15…+25°C, kechasi esa +2…+13°C atrofida bo‘ladi.
Eng iliq ob-havo Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatiladi. Ushbu hududlarda kunduzi harorat +20…+25°C, kechasi +8…+13°C bo‘lishi kutilmoqda.
Respublika bo‘yicha shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.
Tog‘li hududlarda ham o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu hududlarda kechasi +0…+5°C, kunduzi +10…+15°C bo‘lishi prognoz qilingan.
Shuningdek, 5-oktabr kuni respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi ma’lum qilingan. Batafsil ma’lumot — O‘zgidromet
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!