$
11778.45 UZS
5.5
₽
138.35 UZS
-2.79
€
13198.93 UZS
-25.62
31° Kechasi 18°

Navoiyda oilaviy tadbirkorlik dasturlarini rivojlantirish uchun 700 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

11:32 / 25.11.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev faollarning bildirgan fikrlari asosida Navoiy viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Normat Tursunov To‘lqunovich nomzodini tavsiya etgani haqida xabar bergan edik.

Nomzod viloyatda tadbirkorlik va xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kelgusi yilda 122 mingta ish o‘rni yaratish imkoni bor.

Shulardan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

– kelgusi yilda 26 ta mahalliy sanoat markazi va kichik sanoat zonalarini tashkil etish;

– oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun qo‘shimcha 100 milliard so‘m, kelgusi yilda 600 milliard so‘m yo‘naltirish;

– Nurota, Xatirchi va Navbahordagi bo‘sh binolarda mono-markaz tashkil etib, kamida 5 ming yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish;

– M-37 magistral yo‘lida 3,5 mingta servis ob’yektlarini ishga tushirish;

– Karmanadagi Mavlono Orif Deg-Garoniy majmuasini ta’mirlashga 15 milliard so‘m ajratish;

– 20 ta turizm mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha 50 milliard so‘mlik loyihani 2023-yil davlat dasturiga kiritish;

– yil yakunigacha har bir tarmoq bo‘yicha 25 tadan mahalliylashtirish loyiha paketini shakllantirish;

– kelgusi yildan 200 nafar tadbirkor bilan kooperasiya asosida mahsulot ishlab chiqarishni boshlash;

– bir oy muddatda 188 ta yaylovlarda joylashgan noruda konlarni auksionga chiqarish;

– yil yakunigacha 8 ta Yoshlar sanoat zonasi infratuzilmasiga 20 milliard so‘m ajratish;

– Navoiy erkin iqtisodiy zonasida kelgusi yilda 200 million dollar qo‘shimcha investitsiya jalb qilib, 20 mingta ish o‘rni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.


Bu ham qiziq

Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi

Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari haqi…
12:21 / 04.10.2026
Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Joriy yilgi Osiyo o‘yinlarida umumiy hisobda O‘zbekiston atletlari 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medalga sazovor…
15:43 / 04.10.2026
Fransiyada namoyishlar sabab 500 ga yaqin maktabda darslar to‘xtatiladi

Fransiyada namoyishlar sabab 500 ga yaqin maktabda darslar to‘xtatiladi

Fransiyada o‘quvchilar namoyishlari fonida 5-oktyabr kuni 400–500 ta maktabda darslar to‘liq yoki qisman to‘xtatiladi. Bu ha…
10:12 / 05.10.2026
Flydubai kapitaniga hujum qilgan ikkinchi uchuvchi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Flydubai kapitaniga hujum qilgan ikkinchi uchuvchi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

30-sentyabr kuni Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan Flydubai samolyotida kapitaniga hujum qilib, boshqaruvni egallashga uringan …
12:30 / 04.10.2026
Xalqaro qidiruvdagi fuqaro Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvdagi fuqaro Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu …
11:42 / 04.10.2026
Centrum Air Istanbul–Farg‘ona reysida 99 ta bagajni qoldirib ketdi

Centrum Air Istanbul–Farg‘ona reysida 99 ta bagajni qoldirib ketdi

4-oktyabr kuni Centrum Air aviakompaniyasining C6 316 Istanbul–Farg‘ona reysida uchgan yo‘lovchilarning 99 ta bagaji Istanbu…
13:43 / 05.10.2026
Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

2-oktabr kuni Moskva yaqinidagi Sheremetevo aeroportining uchib kelish zonasidagi hojatxonadan ayol va yangi tug‘ilgan chaqa…
14:55 / 03.10.2026
Toshkentda “Cyberkent 4.0” kiberxavfsizlik musobaqasi o‘tkaziladi

Toshkentda “Cyberkent 4.0” kiberxavfsizlik musobaqasi o‘tkaziladi

2026-yil 5–6-oktabr kunlari Toshkent shahrida “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2026” xalqaro tadbiri doir…
14:42 / 03.10.2026
Quyosh tizimining tashqi sayyoralari kutilganidan tezroq parchalanishi mumkin

Quyosh tizimining tashqi sayyoralari kutilganidan tezroq parchalanishi mumkin

Yangi tadqiqotga ko‘ra, Quyosh tizimining tashqi sayyoralari — Yupiter, Saturn, Uran va Neptun — Quyosh oq mitti yulduzga ay…
09:54 / 03.10.2026
17 ta oliygoh Oliy ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi

17 ta oliygoh Oliy ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi

O‘zbekistondagi 17 ta oliy ta’lim muassasasi endi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.
17:49 / 03.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!