Hodisa kecha, 2-sentyabr kuni soat taxminan 18:30larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent - O‘sh” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Unga ko‘ra, 1964-yilda tug‘ilgan haydovchi Isuzu rusumli avtobusni boshqarib, yo‘lning ruxsat etilgan joyidan qayrilib olayotgan vaqtida, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomobil bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Hodisa natijasida Lasetti haydovchisiga hamda avtobusda bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan.
Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!