Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchi Javohir Sindorovning bir necha oy avval Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasini eslab, uning Olimpiadadagi ishtirokini ham e’tirof etdi. Davlat rahbari Sindorov yana bir ulkan marraga — jahon chempionligi uchun kurashga tayyorlanayotganini ta’kidladi.
“Endi oldingda yana bir ulkan marra — jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!” — dedi Prezident.
Uchrashuvda yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminovning natijasi ham qayd etildi. U hal qiluvchi bahsda ukrainalik Roman Dehtiarovni qora donalarda mag‘lub etib, O‘zbekiston terma jamoasiga oltin medal uchun zarur ochkoni olib kelgan.
Shuningdek, Shamsiddin Vohidovning umumiy g‘alabaga qo‘shgan hissi ta’kidlandi. U amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda tengma-teng kurash olib borgan. Prezident oltin medalga jamoaning har bir a’zosi munosib hissa qo‘shganini qayd etdi.
Davlat rahbari O‘zbekiston shaxmatchilari haqida kelgusida kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning o‘yin uslublari darsliklardan o‘rin olishiga ishonch bildirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!