Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi hal qiluvchi partiyalarini katta qiziqish bilan kuzatganini aytdi. U ayrim bahslarda shaxmatchilar nafaqat raqiblarini, balki muxlislarni ham hayajonda ushlab turganini ta’kidladi.
Davlat rahbari amaldagi Olimpiada chempioni Hindiston terma jamoasiga qarshi uchrashuvni alohida qayd etdi. U Nodirbek Yoqubboyevning Nihal Sarin bilan partiyasida vaziyat bir payt keskinlashganini esladi. Prezident Yoqubboyevning oxirigacha kurashgani va taktik yurishlari vaziyatni o‘zgartirib, O‘zbekiston jamoasiga muhim g‘alabani olib kelganini ta’kidladi.
Hindiston ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi yakka peshqadamga aylangan. Keyingi bahsda shaxmatchilarimiz Xitoy terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etgan. Shu tariqa jamoa jahon reytingida yetakchi va olti karra Olimpiada chempioni AQSh terma jamoasidan ham ustun kelgan.
Uchrashuvda Nodirbek Abdusattorovning ham natijasi alohida e’tirof etildi. U musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunlab, birinchi taxtada oltin medalni qo‘lga kiritgan. Prezident uning AQSh vakili Fabiano Karuanaga qarshi murakkab endshpildagi g‘alabasini ham alohida ta’kidladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!