$
12009.27 UZS
-51.57
153.75 UZS
-1.25
13688.17 UZS
-66.01
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev aviatsiya sohasidagi transformatsiya jarayonlarini ko‘rib chiqdi

20:58 / 22.02.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-fevral kuni aviatsiya sohasidagi davlat korxonalari transformatsiyasi bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

So‘nggi yillarda aviatsiya xizmatlari bozorida xususiy sektorga keng yo‘l ochildi. Aviakompaniyalar soni 15 taga, jumladan, xususiylari 10 taga yetdi. O‘tgan yilning o‘zida 28 ta yangi samolyot olib kelindi. Bularning natijasida oxirgi yetti yilda reyslar 2 barobar ko‘paygan. Samarqand aeroporti xususiy sheriklikka berilgani hisobiga yo‘lovchi oqimi 4 karra oshib, 1 millionga yetgan.

Shunga qaramasdan, o‘tgan yili aviatsiya xizmatlari hajmi bor-yo‘g‘i 11,6 foiz o‘sgan. Mamlakatimiz strategiyasida 2030-yilga qadar aviaqatnovlar sonini 4 karra oshirish rejalashtirilgan. Unga erishish uchun sohada yillik o‘sish sur’atlari 20 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.

Bu infratuzilma, boshqaruv, narx va sifat borasida tizimli ishlarni talab etadi. Yurtimizda avia chiptalar narxi nisbatan qimmat. Ham hududiy, ham xorijiy reyslar soni talabga qaraganda kam. Parvozlarning asosiy qismi haligacha Toshkent va Samarqand aeroportlariga to‘g‘ri keladi. Aeroportlarda havo kemalari va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari cheklangan, qo‘shimcha xizmatlardan daromad jami tushumning bor-yo‘g‘i 7 foizini tashkil qiladi. Toshkent, Navoiy, Namangan aeroportlari tranzit salohiyati to‘liq ishga solinmayapti.

Taqdimotda “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airrorts” aksiyadorlik jamiyatlarida transformatsiya jarayonlarini tezlashtirish, xizmat turlari va daromadni ko‘paytirish bo‘yicha joriy yilgi rejalar bayon qilindi.

Xususan, milliy aviakompaniyaga xalqaro kredit reytingini olib, uni “IPO”ga chiqarish jarayoni boshlanadi. Buxoro, Namangan, Urganch va Andijon aeroportlari xususiy boshqaruvga berilib, modernizatsiya qilinadi. Joriy yilda reyslar soni 20 foizga oshiriladi.

Sohada xarajatlarni 20 foizga qisqartirish choralari ko‘riladi. Yoqilg‘i sarfi yuqori bo‘lgan eski samolyotlar sotilib, zamonaviy va tejamkor havo kemalari olib kelinadi. 72 ta yo‘nalish bo‘yicha optimal parvozlar marshrutini tanlash orqali yoqilg‘i sarfi sezilarli kamaytiriladi. Foydalanilmayotgan va daromad keltirmayotgan aktivlar sotuvga chiqariladi.

Mutasaddilarga xarajatlarni qisqartirish dasturini tasdiqlab, xizmatlar raqobatdoshligini oshirish, xususiy sheriklik loyihalarini tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Aeroportlarda qo‘shimcha xizmatlarni ko‘paytirish, Navoiy aeroportida samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatishni rivojlantirib, uning salohiyatini to‘liq ishga solish zarurligi ta’kidlandi.

Davlat aviakompaniyalariga xorijiy malakali mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, kadrlar tayyorlashni yaxshilash masalalari ham aytib o‘tildi.


Bu ham qiziq

Prezident bilan uchrashgan ixtirochi qiz Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi

Prezident bilan uchrashgan ixtirochi qiz Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida o‘tkazilgan bayram tadbirida Prezidentimizga iqt…
10:05 / 01.07.2026
30-iyundan Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga qabul boshlanadi

30-iyundan Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga qabul boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi 2026-2027-o‘quv yili uchun oliy va o‘rta maxsus diniy ta’l…
17:22 / 29.06.2026
Marokash Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi

Marokash Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi

30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 final bahsida M
10:39 / 30.06.2026
Profilaktika inspektorlari faoliyati va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Profilaktika inspektorlari faoliyati va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish, so…
17:41 / 29.06.2026
Braziliya so‘nggi daqiqalarda Yaponiyani mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi

Braziliya so‘nggi daqiqalarda Yaponiyani mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi

2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Braziliya terma jamoasi Yaponiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqanin…
10:21 / 30.06.2026
Gaz ta’minoti va kadastr tizimidagi korrupsiya holatlari fosh etildi

Gaz ta’minoti va kadastr tizimidagi korrupsiya holatlari fosh etildi

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida davlat tashkilotlari mansabdor shaxslari ishtirokidagi korrupsiya holatlariga chek qo…
08:50 / 01.07.2026
Saida Mirziyoyeva Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

“Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan o‘tgan mazmunli muloqotimizdan mamnunman”, – degan Saida …
09:43 / 30.06.2026
Ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 mln nafardan oshdi

Ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 mln nafardan oshdi

Ayni vaqtda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani b…
10:46 / 30.06.2026
2-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:18 / 01.07.2026
Anomal issiqlik tufayli Eyfel minorasi 10 santimetrga uzaydi

Anomal issiqlik tufayli Eyfel minorasi 10 santimetrga uzaydi

Fransiyada kuzatilayotgan anomal jazirama tufayli Parijdagi Eyfel minorasining balandligi taxminan 10 santimetrga oshdi.
16:45 / 30.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!