$
11913.35 UZS
14.26
₽
142.39 UZS
0.86
€
13328.66 UZS
30.24
31° Kechasi 18°

Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

15:38 / 14.10.2026

Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklariga soliq va subsidiya imtiyozlari beriladi. Bu haqda Prezident kecha, 13 oktyabr kuni qabul qilgan “Ilg‘or “yashil” texnologiyalar asosida issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va aholi tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda so‘z boradi.

Qarorga ko‘ra, issiqxona xo‘jaliklariga quyidagi imtiyozlar va subsidiyalar nazarda tutildi:

qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi nol foiz etib belgilandi;

qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xo‘jaligi korxonalari uchun o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foyda bo‘yicha foyda solig‘i stavkasi nol foiz etib belgilandi;

issiqxona faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan issiqxona xo‘jaliklari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 2026-yil 1 yanvardan 2029-yil 1 yanvargacha 1 foiz etib belgilandi.

2027-yil 1 yanvardan 2030-yil 1 yanvargacha issiqxona faoliyatidan daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va mol-mulkka solinadigan soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

2026-yil 1 noyabrdan 2030-yil 1 aprelgacha issiqlik energiyasini tejovchi maxsus qoplanma “ko‘rpa” bilan qoplangan va (yoki) energiya samarador “yashil” isitish vositalaridan (issiqlik nasoslari, geotermal isitish tizimlari, quyosh issiqlik tizimlari, elektr energiyasi asosidagi yuqori samarali isitish tizimlari) foydalanayotgan issiqxona xo‘jaliklariga oktyabr–mart oylarida iste’mol qilingan elektr energiyasi qiymatining 50 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.

Energiya samaradorligi milliy agentligi 2030-yil 1 yanvarga qadar Toshkent viloyatining Toshkent, Zangiota, Qibray, Yangiyo‘l va Yuqori Chirchiq tumanlarida aholi tomorqalaridagi issiqxonalarni isitish uchun quyosh panellari, issiqlik nasoslari, infraqizil isitish moslamalari va boshqa energiya tejamkor uskunalarni xarid qilish hamda o‘rnatish xarajatlarining 40 foizi, biroq 100 million so‘mdan oshmagan miqdorda bir martalik subsidiya ajratadi.

Kambag‘allikni qisqartirish maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Toshkent viloyatining issiqxonachilikka ixtisoslashgan 50 ta mahallada har bir oilaga 200 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Markaziy bank oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida tajriba tariqasida tomorqa va dehqon xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlariga ega jismoniy shaxslarga imtiyozli kreditlar ajratadi: “yashil” texnologiyalarga asoslangan issiqxona barpo etish uchun 300 million so‘mgacha, mavjud issiqxonalarni qayta jihozlash uchun 150 million so‘mgacha.

Adliya va Ijtimoiy himoya milliy agentligi issiqxonalarni tashkil etish va ijtimoiy daftarlar bo‘yicha subsidiya ajratishda mas’ul hisoblanadi.


O‘zbekiston


														
														Ertaga, 15-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Ertaga, 15-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7…
15:56 / 14.10.2026

														
														Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi.

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi.

Bugun, 14-oktyabr kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respubl…
15:47 / 14.10.2026

														
														Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklariga soliq va subsidiya imtiyozlari beriladi.
15:38 / 14.10.2026

														
														MrBeastning O‘zbekistonga tashrifi reja asosida yakunlandi

MrBeastning O‘zbekistonga tashrifi reja asosida yakunlandi

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi amerikalik bloger Jimmy Donaldson, ya’ni MrBeastning O‘zbekisto…
11:58 / 14.10.2026

														
														Markaziy bank kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasini ishlab chiqdi

Markaziy bank kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasini ishlab chiqdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan kichik va o‘rta biznesni (KO‘B) qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasin…
11:31 / 14.10.2026

														
														O‘zbekistonda tomorqa issiqxonalari uchun soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi

O‘zbekistonda tomorqa issiqxonalari uchun soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi

O‘zbekistonda shaxsiy tomorqalardagi issiqxonalar uchun 2030-yilgacha yer va mol-mulk soliqlarini 50 foizga kamaytirish takl…
10:23 / 14.10.2026

														
														Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда 2027 йил августидан бошлаб ўқитувчилар дарсни бузаётган ўқувчиларни зарурат туғилганда жисмоний куч ишлатиб синфдан …
10:14 / 14.10.2026

														
														O‘zbekistonda 2027-yilda 3,7 mln gektar yaylov qayta tiklanadi

O‘zbekistonda 2027-yilda 3,7 mln gektar yaylov qayta tiklanadi

O‘zbekistonda 2027-yilda 3 million 700 ming gektar yaylovni qayta tiklash va hosildorligini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu …
10:08 / 14.10.2026

														
														Rossiyada ayrim migrantlar rus tili imtihonlaridan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada ayrim migrantlar rus tili imtihonlaridan ozod qilinishi mumkin

Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatning ilg‘or rivojlanish hududlarida ishlaydigan xorijiy fuqarolarni rus tili, Rossiya…
09:50 / 14.10.2026

														
														Tupak Shakurning qotilligida ayblangan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi

Tupak Shakurning qotilligida ayblangan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi

13-oktyabr kuni AQSHda afsonaviy reper Tupak Shakurning 1996-yildagi qotilligida ayblangan Dueyn “Keffi Di” Devis umrbod qam…
09:45 / 14.10.2026

Bu ham qiziq

Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda ayblanib ushlandi

Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda ayblanib ushlandi

Rossiyada Yaponiyaning Hokkaido Shimbun gazetasi muxbiri Imayi Yuki josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi. Rossiya Federal xav…
09:37 / 14.10.2026
Mariya Timofeyeva O‘zbekistonning birinchi raketkasiga aylandi

Mariya Timofeyeva O‘zbekistonning birinchi raketkasiga aylandi

Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) yangilangan jahon reytingida o‘zbekistonlik 22 yoshli tennischi Mariya Timofeyeva 63-o‘…
12:48 / 13.10.2026
13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026
Erkinjon Turdimov Yoshlarning innovatsiyalar ofisi faoliyati bilan tanishdi

Erkinjon Turdimov Yoshlarning innovatsiyalar ofisi faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov Yoshlarning innov…
16:26 / 13.10.2026
O‘zligini anglagan jamiyatgina o‘z kelajagini qura oladi

O‘zligini anglagan jamiyatgina o‘z kelajagini qura oladi

Bugun dunyo juda tez o‘zgaryapti. Texnologiyalar, iqtisodiyot, shaharlar, odamlarning yashash tarzi yangilanmoqda.
08:55 / 14.10.2026
Finlyandiya Yevropa Ittifoqini rossiyaliklarga turistik vizalar berishni to‘xtatishga chaqirdi

Finlyandiya Yevropa Ittifoqini rossiyaliklarga turistik vizalar berishni to‘xtatishga chaqirdi

Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen Rossiya Ukrainaga qarshi urushni davom ettirayotgan bir paytda Yevropa Ittif…
12:30 / 13.10.2026
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi.

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi.

Bugun, 14-oktyabr kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respubl…
15:47 / 14.10.2026
Samarqandda Cobalt elektroskuterni urib yubordi: ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda Cobalt elektroskuterni urib yubordi: ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida Cobalt avtomobili elektroskuter bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ld…
14:31 / 13.10.2026
Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда ўқитувчиларга ўқувчиларни мажбуран синфдан чиқаришга рухсат берилади

Данияда 2027 йил августидан бошлаб ўқитувчилар дарсни бузаётган ўқувчиларни зарурат туғилганда жисмоний куч ишлатиб синфдан …
10:14 / 14.10.2026
Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Tomorqasida issiqxona qurganlarga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklariga soliq va subsidiya imtiyozlari beriladi.
15:38 / 14.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!