$
11934.24 UZS
-75.03
152.98 UZS
-0.77
13591.91 UZS
-96.26
31° Kechasi 18°

“Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘li va Qambarota GES-1 qurilishini tez fursatda amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi

16:03 / 18.07.2024

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, keyingi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan ko‘p qirrali hamkorlikni tubdan kengaytirish uchun yaxshi zamin yaratilganini alohida ta’kidladi.

Ushbu tashrif doirasida keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot imzolanishi ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuqori darajaga olib chiqishga o‘zaro intilishdan dalolat bo‘lishi qayd etildi.

Parlamentlar, hukumatlar, tashqi siyosat va tarmoq idoralari darajasidagi muloqotlar natijadorligini oshirish, xalqaro va mintaqaviy maydonlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari, “Markaziy Osiyo plyus” formatlari doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Hamkorlikning yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish muhimligi qayd etildi.

Tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish dolzarb ekani ko‘rsatib o‘tildi. Kuni kecha o‘tgan biznes forumi muvaffaqiyatli bo‘ldi, yakunida yangi kelishuvlar to‘plami qabul qilindi.

Bu galgi tashrif doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, avtomobilsozlik va to‘qimachilik sohalarida kooperatsiya loyihalari ishga tushiriladi.

Strategik ahamiyatga ega mintaqaviy loyihalarni, jumladan, “Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘li va Qambarota GES-1 qurilishini tez fursatda amalga oshirish masalalariga ustuvor e’tibor qaratildi.

Transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyiha takliflari ko‘rib chiqildi.

Prezidentlar hududlararo hamkorlikni, jumladan, Chegaraoldi viloyatlar hokimlari kengashi doirasida yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligi, ekologiya, xavfsizlik va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Madaniy-gumanitar almashinuv faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu hafta mamlakatimizda Qirg‘iziston madaniyati kunlari o‘tkazilmoqda. Kuni kecha Samarqandda ikkinchi Rektorlar forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tomonlar kelgusi yillarga mo‘ljallangan madaniy tadbirlar taqvimini tayyorlashga kelishib oldilar.

Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

 


O‘zbekiston


														
														Saida Mirziyoyeva: Gendelning “Tamerlano” operasi Parijda ijro etildi

Saida Mirziyoyeva: Gendelning “Tamerlano” operasi Parijda ijro etildi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri
17:20 / 01.07.2026

														
														Chirchiqdagi barda 22 yoshli yigit marixuana bilan ushlandi

Chirchiqdagi barda 22 yoshli yigit marixuana bilan ushlandi

Fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
17:17 / 01.07.2026

														
														2-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:18 / 01.07.2026

														
														Magistraturaga qabul boshlandi

Magistraturaga qabul boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hujjatlar qabuli boshlandi.
15:41 / 01.07.2026

														
														O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdi

O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni qariyb 5 millionga yetdi. Bu haqda Milliy statistik…
15:36 / 01.07.2026

														
														O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda tantanali kutib olindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda tantanali kutib olindi

Bugun, 1-iyul kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionatida tarixda ilk bor ishtirok etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yurti…
15:27 / 01.07.2026

														
														FIFA World Cup–2026: O‘zbekiston haqidagi materiallar 1 milliard martadan ortiq ko‘rildi

FIFA World Cup–2026: O‘zbekiston haqidagi materiallar 1 milliard martadan ortiq ko‘rildi

FIFA World Cup–2026 doirasida O‘zbekistonni xalqaro maydonda tanitishga qaratilgan axborot kampaniyasi 1,07 milliarddan orti…
10:34 / 01.07.2026

														
														O‘zbekistonda 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

2026-yil 1-iyuldan O‘zbekistonda fuqarolar hayoti, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, uy-joy va tadbirkorlik sohalariga oid…
09:54 / 01.07.2026

														
														1-iyul uchun ob-havo prognozi

1-iyul uchun ob-havo prognozi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan so…
17:20 / 30.06.2026

														
														Yoshlar uchun yangi stipendiyalar joriy etiladi Iqtidorli talabalar uchun yangi davlat stipendiyalari joriy etiladi, xalqaro olimpiada g‘oliblari

Yoshlar uchun yangi stipendiyalar joriy etiladi Iqtidorli talabalar uchun yangi davlat stipendiyalari joriy etiladi, xalqaro olimpiada g‘oliblari

Endilikda axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-bosqich talabalari…
15:44 / 30.06.2026

Bu ham qiziq

Paragvay Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, JCHdan chiqarib yubordi

Paragvay Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, JCHdan chiqarib yubordi

Paragvay Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, JCHdan chiqarib yubordi
10:15 / 30.06.2026
30-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

30-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan s…
17:36 / 29.06.2026
2-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:18 / 01.07.2026
JCH–2026. Fransiya Shvetsiyani yirik hisobda mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi

JCH–2026. Fransiya Shvetsiyani yirik hisobda mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi

JCH–2026 1/16 final bosqichida Fransiya va Shvetsiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. AQSHning Ist-Raterford shahrida…
10:17 / 01.07.2026
Saida Mirziyoyeva Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

“Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan o‘tgan mazmunli muloqotimizdan mamnunman”, – degan Saida …
09:43 / 30.06.2026
Marokash Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi

Marokash Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi

30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 final bahsida M
10:39 / 30.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga intilish qat’iyligini tasdiqladilar
12:50 / 29.06.2026
Gaz ta’minoti va kadastr tizimidagi korrupsiya holatlari fosh etildi

Gaz ta’minoti va kadastr tizimidagi korrupsiya holatlari fosh etildi

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida davlat tashkilotlari mansabdor shaxslari ishtirokidagi korrupsiya holatlariga chek qo…
08:50 / 01.07.2026
Profilaktika inspektorlari faoliyati va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Profilaktika inspektorlari faoliyati va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish, so…
17:41 / 29.06.2026
Prezident bilan uchrashgan ixtirochi qiz Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi

Prezident bilan uchrashgan ixtirochi qiz Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida o‘tkazilgan bayram tadbirida Prezidentimizga iqt…
10:05 / 01.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!