$
11825.40 UZS
-5.47
₽
140.34 UZS
1.07
€
13483.32 UZS
32.8
31° Kechasi 18°

Dunyodagi eng qattiq qo‘riqlanadigan 10 inson

08:02 / 30.03.2023

Biz odatda mashhur va nufuzli insonlar hayotiga xavas bilan nazar tashlaymiz. Ammo bu kabi hayotning ham o‘ziga hos kamchiliklari yetarlicha. Mashhur insonlar hech qachon yolg‘iz yura olmaydilar, ularni doim va har yerda, jumladan rasmiy marosimlar, sayrlar va do‘kon aylanish chog‘ida ham bir guruh qo‘riqchilar himoya qilib yuradi.

Biz bushun dunyodagi eng qattiq qo‘riqlanadigan 10 nafar inson haqida suhbatlashamiz.

Donald Tramp

Donald Tramp zamonamizning eng mashhur va nufuzli insonlaridan biri. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning sobiq prezidenti va uning oilasini qo‘riqlash uchun har kuni tansoqchilarga 1 million dollar pul sarf qilinadi. Qizig‘i shundaki, AQShning sobiq prezidenti o‘z vaqtida Buyuk Britaniyaga tashrif buyurgan paytida uning tansoqchilari uchun Megan Markl va shahzoda Garrining to‘yi kuni tansoqchilarga sarflangan puldan 4 marta ko‘proq mablag‘ ketkazilgan ekan. Bu esa 24 million dollarni tashkil qiladi. Tramp prezident bo‘lgan vaqtlarda internet tarmoqlarida siyosatchi va uning rafiqasini kuzatib borayotgan zirhlangan limuzin yonidagi qo‘riqchi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgandi. E’tiborli foydalanuvchilar va OAV qo‘riqchilardan birining qo‘li sun’iy ekanligi, qo‘lning notabiiy holati va sayr paytida bir marta ham qimirlamaganiga e’tibor qaratganlar. Amerika nashrlarining aytishicha, qo‘riqchining o‘z qo‘li palto ostidagi pistolet tepkisida kutilmagan holatlar uchun tayyor turgan.

Mana buni haqiqiy professionalizm desa bo‘ladi.


Ledi Gaga

Halqaro miqyosidagi prodyuser, aktrisa va xonanda Ledi Gaganing muhlislari shunchalar ko‘pki, ular orasida aqldan ozgan shinavandalar ham uchrab turadi. Shu sababli ijodkor o‘z qo‘riqchilarini birma-bir saralab olgan. Odatda u ko‘chadagi oddiy sayrga ham devordek salobatli va qora libosli erkaklar qurshovida chiqadi. Ledi Gaga muxlislari qo‘riqchilardan birining o‘tmishini ham aniqlashga muvaffaq bo‘lganlar. Ma’lumotlarga ko‘ra, tansoqchilardan biri 2005 yilda "Janob Yevropa" tanlovi g‘olibiga aylangan ekan. Qarangki, ijodkor o‘z hayotini nafaqat kuchli, balki chiroyli qo‘riqchilarga ishonib topshiradi. Ammo keyinchalik ushbu tansoqchi xonandaning o‘zi tomonidan bo‘shatib yuborildi. Aytishlaricha, bunga qo‘riqchining xonanda Adel bilan ham ishlay boshlagani sabab bo‘lgan. Ledi Gaga qo‘riqchilarning qanday tezkorlik bilan ishlashini ko‘p hodisalar isbotlab berishi mumkin. Xonanda mexmonxonadan chiqib ketayotgan payti unga tomon qo‘lida daftar va ruchka ko‘tarib olgan erkak yugurishni boshlagan. Tahminlarga ko‘ra, u ijodkordan dasxat so‘ramoqchi bo‘lgan. Ammo qo‘riqchilar uni shu daqiqadayoq qo‘lga olib, polga yotqizganlar. Kim biladi, balki uning niyati butunlay o‘zgacha bo‘lgandir?


Beyonse va Jay-z

Mashhur oilaviy juftlik, nufuzli xonandalar – Beyonse va Jay-z ko‘p bor tahdidlar hamda hujumlar bilan to‘qnash kelishgan. Kunlarning birida sahnada chiqish qilib turgan paytlarida u yerga shifakayf muxlis chiqib olgan va tartibsizlikka sabab bo‘lgan. Hayriyatki, bu odam ijodkorlarga hech qanday zarar yetkazmadi. Qo‘riqchilar uni tezkorlik bilan sahnadan pastga olib tushganlar. 2014 yildagi tur paytida esa qo‘riqchilar guruhi haddan tashqari kuchaytirilgan. Juftlik Amerikaning 16 ta shahrida va Frantsiyaning ikkita shaharida chiqish qilgan. Mazkur turni o‘tkazish uchun juftlik bilan birga 500 nafar tansoqchi yo‘lga chiqqan. Ulardan 16 tasi butun sutka davomida xonandalarning yonidan bir qadamga jilmagan. 300 nafar qo‘riqchi muxlislar ko‘p bo‘lgan joylarda tartib o‘rnatishga ma’sul bo‘lsa, yana 50 tasi sahnani qo‘riqlab turgan.

Ayrimlar mazkur turni harbiy operatsiya bilan taqqoslagan ham edilar. Sababi qo‘riqchilarga nisbatan talab haqiqatan harbiylarga hos bo‘lgan. Bundan tashqari, tansoqchilar ularni bezori papparatstsilardan ham himoya qilib turgan. Bu o‘rinda fotoreportyorlar va xonandalarning tansoqchilari bilan bog‘liq bir nechta janjal kelib chiqqan.

Angela Merkel

Angela Merkel Germaniya tarixidagi birinchi va yagona kantsler ayol bo‘lib qolmoqda. Amerikaning “Forbes” jurnali uni bir necha marta "Dunyodagi eng katta ta’sirga ega bo‘lgan ayol" sifatida e’tirof etgan. Bu kabi nufuz bilan yashaydigan insonning qo‘riqchilari ham shunga mos bo‘lishi tabiiy, albatta. Sobiq kantslerning xavfsizligi bilan o‘z vaqtida jinoyatchilik politsiyasi shug‘ullangan. Ular federal hukumatga bo‘ysunadigan oddiy politsiya emas, ichki ishlar vazirligiga bo‘ysunuvchi insonlardan iborat bo‘lgan. Markelning shaxsiy tansoqchilari bilan maxsus departament ish olib borgan. Bu jamoa nomi “Yordam guruhi” deya atalgan.

Qo‘riqchilar uchun hos bo‘lgan mukammal jismoniy tayyorgarlik, metindek bardosh, o‘q uzish qobiliyati va tezkorlikdan tashqari sobiq kantsler tansoqchilarining har biri mutaxassis shifokorlar orasidan tanlab olingan. Ular kerakli paytda Angela xonimga birinchi tibbiy yordamni zudlik bilan ko‘rsata olishlari kerak edi. Juda ajoyib va antiqa usul, shunday emasmi?

Devid va Viktoriya Bekxem

Mashhur ingliz futbolchisi va britaniyalik xonanda oilasi muxlislar orasida juda ham mashhur. Aynan shu sababli ham ularning tansoqchilari hamisha ogoh bo‘lib yurishlari kerak. Oila o‘z farzandlari havfsizligi haqida ham qattiq qayg‘uradi. Kunlarning birida Devid ayrim paytlari rafiqasi va bolalari bilan begona odamlarsiz sayr qilish orzusi haqida gapirgan edi. Ammo futbolchi papparatstsilar va muxlislar e’tibori bunga imkon bermasligini ham yaxshi biladi. Shu sababli o‘z rafiqasi bilan birga hamisha tansoqchi xizmatidan foydalanadi.

Har ne qilganda ham bu ularning shaxsiy xavfsizliklari uchun kerak. Bekxemlar oilasini butun sutka davomida qurollangan tansoqchilar nazorat qilib turadi. Oilaning to‘ng‘ich farzandi Bruklin 15 yoshga to‘lgach, uning ota-onasi yigitcha uchun ham alohida tansoqchi yollashga majbur bo‘lganlar. Ishga qabul qilingan erkak AQSh armiyasi tarkibida maxsus lavozimda ishlagan va boshqa odamlar ichida yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. Bu kabi ehtiyotkorlik Bruklinni do‘stlari davrasida dam olishi va futbol bilan shug‘ullanishiga halal bermasligi uchun kerak bo‘lgan.

Kim Chen In

KXR ning oliy rahbari bo‘lmish Kim Chen In 2011 yildan beri mazkur lavozimda faoliyat olib boradi. Kim Chen In Singapurga borgan vaqtida qo‘riqchilarning o‘ziga hos harakati ko‘pchilikni lol qilib qo‘ygan edi. Ular Kim Chen In mashinasining tashqi tomonini o‘rab olgancha yugurib yurishgan.
Aytish kerakki, Shimoliy Koreya rahbarini qo‘riqlash jarayoni 3 bosqichga bo‘lingan.

Mashina atrofida yugurayotgan tansoqchilar qo‘riqchilarning ilk va eng yaqin guruhidir. Ularni Koreya halq armiyasi tarkibidan tanlab olingan. Bu boradagi asosiy talab bo‘y o‘lchamlari bo‘lib, qo‘riqchining bo‘yi Kim janoblarining bo‘yi bilan teng bo‘lishi kerak. Ko‘rish qobiliyatining o‘tkir ekanligi va jismoniy tayyorgarlik holati ham hisobga olinadi, albatta. Qo‘riqchining jang san’atidan qanchalar xabardor ekanligi, o‘q otish paytidagi aniq va tezkorligi tekshiriladi. Kim Chen Inning old tomonida 3-5 ta, ikki yon tomonida 4-6 nafar qo‘riqchi harakat qiladi. Orqa tomonga esa yana 5-6 nafar tansoqchi joylashtiriladi.

Britni Spirs

Xonanda, aktrisa va “Gremmi” mukofoti sohibasi bo‘lmish Britni Spirsning yutuqlarini sanab tugatish juda qiyin. U zamonamizning eng chiroyli ayollaridan biri hamdir. Xonandaning xavfsizligi uchun turli vaqtlar davomida turli tansoqchilar javob bergan. Ularning barchasi kuchli jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan odamlar orasidan tanlab olingan. Xonandaning muxlislari esa bu kabi himoyadan hayratga tushganlar. Britni hamisha o‘z xavfsizligi haqida qayg‘urib kelgan. Qo‘riqchilar esa uni paparatstsilardan himoya qilishga ham yordam bera oladi. Agar suratkashlar ijodkorni suratga olish mumkin emasligini bir so‘z bilan tushunmasalar, tansoqchilar buni ularga musht yordamida tushuntirib qo‘yishlari ham mumkin ekan.
2014 yilda xonanda o‘zining sobiq yigiti sabab ta’qib ichida qolgan edi. Shu tariqa u tansoqchilardan himoyani kuchaytirish va Devidning unga yaqinlasha olmasligini ta’minlash haqida talab qila boshladi. Qo‘riqchilar xonanda va yigit bir shaharda bo‘lgan paytlari ham doim ogoh turishlari kerak bo‘lgan. Bu o‘rinda Britnining qo‘riqchilariga faqat va faqat sabr tilash mumkin.

Rim papasi

Rim papasi zamonamizning yana bir mashhur insoni. U Vatikan o‘lkasida umr kechiradi va bir vaqtning o‘zida bu yerdagi taxt sohibi hisoblanadi. Uni qo‘riqlash bilan esa Shveytsariyaning gvardiya qo‘shinlari shug‘ullanadi. Balki antiqa liboslar kiyib olgan bu yigitlarni shunchaki oddiy insonlar, o‘rta asr qurollarini esa dekor elementi sifatida qabul qilgandirsiz?


Rim papalarining xavfizligi 500 yil avval aynan mana shu gvardiya qo‘liga topshirilgan. Gvardiya 135 nafar kishidan iborat. Uning tarkibiga kirish uchun yigitlar 19-30 yosh oralig‘ida, uylanmagan va shveytsariyalik bo‘lishlari kerak. Bundan tashqari harbiy kuchlar tarkibida ham mashg‘ulot o‘tagan bo‘lishi lozim. Gvardiya a’zolaridan o‘q otish va qo‘l jangi borasida mahoratli bo‘lishlari talab etiladi. Qolaversa ular zamonaviy qurollar va eng qizig‘i, qalampir ballonchalari bilan ham ta’minlangan. Yigitlar Rim papasi qo‘shini tarkibida 3 yil xizmat qilib bo‘lgach, oila qurish va qaytadan xizmatga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Qirol Charlz

Angliyaning marhum qirolichasi Yelizaveta II ning o‘g‘li Qirol Charlzga shu kunga qadar ko‘plab tajovuzlar amalga oshirilgan. Shu sababli ham xavfsizlik masalasi bu yerda diqqat bilan muhokama qilinadi.

Qirolning hayoti uchun javob beradigan tashkilotlar soni ikkita. Ularning birinchisi qirollik gvardiyasi bo‘lib, bu ingliz monarxining shaxsiy qo‘riqchilaridir. Aytishlaricha, ular armiyaning nufuzli bo‘limlari tarkibidan tanlab olinadi. Tansoqchilarning har biri zamonaviy qurollar bilan ta’minlangan.

Shu sababli ham butun boshli qo‘riqchilar guruhni oddiygina dekoratsiya o‘rnida qabul qilish kulguli bo‘ladi. Ular saroyni butun sutka davomida qo‘riqlab, bu yerga begonalar kirmasligini ta’minlab turishadi. Ikkinchi tashkilot esa qirollik oilasi a’zolarini himoya qilish boshqarmasi bo‘lib, ular London politsiyasining bir qismi sanaladi.

Aslida bu kabi vazifani bajarish oson emas. Avvaliga nomzodlar o‘z ish tajribalarini namoyish qilib beradilar. Shundan keyin ularni maxsus harbiy mashg‘g‘ulotlar sinovi kutadi. U o‘zida qo‘l jangi, o‘q otish, mashina haydash vazifalarini jamlagan bo‘ladi.

 


Qiziqarli


														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

														
														11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

AQSHda 2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi Jahon savdo markazi hududidagi havo sifati bo‘yicha yetarli…
15:58 / 09.09.2026

														
														Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitlarda qo‘llashga tayyorlashni boshladi. Bu haqda Reuters xab…
10:00 / 08.09.2026

														
														AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQSHda mamlakatning mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan, Donald Tramp tasviri tushirilgan 1 dollarlik tanga muomala…
09:45 / 04.09.2026

														
														Nokia 44 kungacha quvvat ushlaydigan yangi telefon chiqarishi mumkin

Nokia 44 kungacha quvvat ushlaydigan yangi telefon chiqarishi mumkin

Internetda hali rasman taqdim etilmagan Nokia 300 4G Power Bank tugmachali telefonining texnik xususiyatlari tarqaldi.
11:14 / 19.07.2026

Bu ham qiziq

26-sentyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo keskin salqinlashishi va harorat pasayishi kutilmoqda.

26-sentyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo keskin salqinlashishi va harorat pasayishi kutilmoqda.

Antisiklon kirib kelishi hisobiga respublika hududida nisbatan sovuq havo oqimi hukmronlik qiladi.
16:27 / 25.09.2026
Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026
Toshkent viloyatida prokuror yordamchisi pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida prokuror yordamchisi pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Bosh prokuraturaning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor t…
11:08 / 25.09.2026
Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026
Bugun O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

Bugun O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

25-sentabr kuni O‘zbekiston hududida biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
16:16 / 24.09.2026
Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga keladi. Bu haqda kecha, 24 sentyabr kuni AQ…
16:05 / 25.09.2026
Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkor davlatga 3,6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkor davlatga 3,6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Samarqand shahrida yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli ishlab chiqarish korxonasi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bi…
15:39 / 25.09.2026
G‘azodagi vayronagarchiliklar Isroilda suv tanqisligini keltirib chiqardi

G‘azodagi vayronagarchiliklar Isroilda suv tanqisligini keltirib chiqardi

The Guardian nashrining xabar berishicha, G‘azo sektoridagi oqova suv infratuzilmasining vayron qilinishi oqibatida dengizga…
11:02 / 25.09.2026
Sherzod Asadov “Al Jazeera Media Week” xalqaro media haftaligining yopilish marosimida ishtirok etdi

Sherzod Asadov “Al Jazeera Media Week” xalqaro media haftaligining yopilish marosimida ishtirok etdi

Bugun “Al Jazeera Media Week” xalqaro media haftaligining yopilish marosimida ishtirok etdim. Jurnalistlar, media mutaxassis…
17:36 / 26.09.2026
Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27-sentabr kuni mudofaa vaziri Dauren Kosanovni lavozimidan ozod etdi. Bu haqd…
10:41 / 27.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!