Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir kelgusi yetti yil ichida G‘azo sektoridagi 2 milliondan ortiq falastinlikni hududdan ko‘chirishni nazarda tutuvchi 20 sahifalik reja taqdim etdi. Bu haqda “Daryo” The Guardian’ga tayanib xabar berdi.
Rejada G‘azo aholisini boshqa davlatlarga ko‘chirish, hududdan chiqish uchun quruqlikdagi o‘tish punktlari hamda dengiz va havo yo‘llaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Ben-Gvirning ta’kidlashicha, reja “ixtiyoriy ko‘chirish” tamoyiliga asoslanadi. Biroq “Daryo” xabarida bu tashabbus G‘azo aholisini hududdan ommaviy ravishda chiqarib yuborish rejasi sifatida taqdim etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!