O‘zbekistonda bugun, 12-yanvar kuni grammli quyma oltin narxi ilk bor 9 million so‘mdan oshdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, oltin quymalarining yangi narxlari quyidagicha belgilandi:
- 5 gramm — 9 mln 010 ming so‘m;
- 10 gramm — 18 mln 020 ming so‘m;
- 20 gramm — 36 mln 472 ming so‘m;
- 50 gramm — 90 mln 100 ming so‘m;
- 100 gramm — 180 mln 200 ming so‘m.
Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy banki 5-yanvardan boshlab oltin quymalarini qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qilishni yo‘lga qo‘ydi. Qaytarib olish narxlari quymaning qadog‘i butun yoki buzilgan bo‘lishiga, ya’ni texnik talablarga mos kelish-kelmasligiga qarab farqlanadi.
Jahon bozorida ham oltin narxi keskin oshib, 4600 dollarlik darajani zabt etdi. Investorlar fond bozorlaridagi xavflardan qochib, eng ishonchli aktivlardan biri hisoblangan oltinga tobora ko‘proq murojaat qilmoqda. Bunga bir qator omillar sabab bo‘layotgani taxmin qilinmoqda. Xususan, Eronda davom etayotgan norozilik namoyishlari, AQSh tomonidan ushbu mamlakatga zarba berilishi mumkinligi haqidagi xavotirlar hamda Grenlandiya atrofidagi vaziyat shular jumlasidan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!