Kolumbiyalik mashhur xonanda Shakira Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida konsert beradi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti ishlar boshqarmasi rahbari Kanibek Tumanbayev ma’lum qildi.
Tumanbayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Shakiraning videosini joylashtirib, xonandaning tez orada Bishkek Arenada chiqish qilishini bildirgan. Biroq hozircha konsertning aniq sanasi va boshqa tafsilotlari rasman e’lon qilinmagan.
Yangi Bishkek Arena 51 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Avvalroq ushbu majmuada VI Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimi o‘tkazilgan. Tadbirda amerikalik xonanda Nikol Sherzinger ham ishtirok etgan.
Shakira futbol muxlislariga ham yaxshi tanish. U 2010-yilgi Jahon chempionatining rasmiy qo‘shig‘i sifatida tanlangan “Waka Waka (This Time for Africa)” taronasini ijro etgan.
Xonanda avval “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Jerar Pike bilan munosabatda bo‘lgan. Ularning ikki nafar farzandi bor.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!