$
11823.69 UZS
45.17
139.74 UZS
0.78
13797.06 UZS
63.31
31° Kechasi 18°

Prezident AQShda o‘zbekistonliklar uchun mahalla guzari tashkil etilishini ma’lum qildi

16:28 / 17.01.2026

Shavkat Mirziyoyev 2026-yilda Nyu York yoki Vashington shahrida o‘zbekistonliklar uchun mahalla guzari tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda davlat rahbarining Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishida so‘z bordi.

Qayd etilishicha, prezident AQShdagi vatandoshlar bilan uchrashuvlar chog‘ida mahalla guzari tashkil etish tashabbusini ilgari surgan. Mazkur guzar Nyu York yoki Vashingtonda barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Topshiriqni amalga oshirish vazifasi O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqovga yuklatildi.

“Shu bo‘yicha tadbirkorlardan taklif olib, o‘zimizdan ham sherik qilib, yaxshi loyiha qilinglar. Vatandoshlarimizga bir makon qurib beraylik, bu ularga g‘urur va iftixor bag‘ishlasin”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

​​Ma’lum qilinishicha, ushbu mahalla guzarida O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatiladi. Shuningdek, milliy oshxonalar va choyxonalar tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan. Davlat rahbari ushbu loyiha bo‘yicha aniq va amaliy takliflar ishlab chiqishni topshirdi.

Elchi Furqat Siddiqov o‘z nutqida 2018-yil O‘zbekiston—AQSh munosabatlarida muhim burilish bo‘lganini qayd etdi. Uning aytishicha, Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp o‘rtasidagi muloqot ikki tomonlama aloqalarni tizimli bosqichga olib chiqqan.

“Endi AQSh rahbariyati, Oq uy vakillari va kongressmenlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyati mavjud. Bu borada barcha eshiklar ochildi. 2026-yilda eksportni diversifikatsiya qilishni rejalashtiryapmiz”, – dedi elchi.

​​Shuningdek, joriy yilda O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan 14 turdagi yangi mahsulotni AQSh bozoriga chiqarish rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, 100 ta to‘qimachilik kompaniyasiga WRAP sertifikatini olib berish ham maqsad qilingan.


O‘zbekiston


														
														Mustaqillik bayrami arafasida fidoyi vatandoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Mustaqillik bayrami arafasida fidoyi vatandoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlari…
20:03 / 26.08.2026

														
														Saida Mirziyoyeva hamda Chjao Letszi janoblari uchrashishdi

Saida Mirziyoyeva hamda Chjao Letszi janoblari uchrashishdi

Saida Mirziyoyeva hamda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy x…
17:34 / 26.08.2026

														
														27-avgustda kuzatiladigan ob-havo ma'lumoti

27-avgustda kuzatiladigan ob-havo ma'lumoti

TOSHKENT SHAHRI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kech…
17:15 / 26.08.2026

														
														Endi telefon raqami orqali pul yuborsa bo‘ladi

Endi telefon raqami orqali pul yuborsa bo‘ladi

Endilikda mablag‘ yuborishda bank hisob raqami yoki plastik karta rekvizitlarini kiritish shart bo‘lmaydi, buning uchun oluv…
16:33 / 26.08.2026

														
														Tolibon Afg‘onistondagi xususiy universitetlarda uchta yo‘nalishni yopmoqchi

Tolibon Afg‘onistondagi xususiy universitetlarda uchta yo‘nalishni yopmoqchi

Afg‘onistonda “Tolibon” xususiy oliy ta’lim muassasalarida ayrim ta’lim yo‘nalishlarini bosqichma-bosqich yopishni rejalasht…
15:29 / 26.08.2026

														
														Islomoboddagi shifoxonada yong‘in: kamida 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Islomoboddagi shifoxonada yong‘in: kamida 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Pokiston poytaxti Islomoboddagi davlat shifoxonasida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 14 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq h…
15:26 / 26.08.2026

														
														Prezident davlat mukofotlari sohiblarini tabrikladi

Prezident davlat mukofotlari sohiblarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat mukofotlari bilan taqdirlangan har bir insonning mehnati, fidoyiligi va ko‘rsatgan jasor…
14:32 / 26.08.2026

														
														Turli soha vakillarining mehnati davlat darajasida e’tirof etildi

Turli soha vakillarining mehnati davlat darajasida e’tirof etildi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan mamlakatning turli hududlarida samarali mehnat qilib, o‘z sohasiga munosib hissa…
14:28 / 26.08.2026

														
														Shavkat Mirziyoyev: 35 yil — tarix uchun juda qisqa davr

Shavkat Mirziyoyev: 35 yil — tarix uchun juda qisqa davr

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topsh…
12:54 / 26.08.2026

														
														Jizzaxda 13,6 kg opiy moddasi aniqlandi

Jizzaxda 13,6 kg opiy moddasi aniqlandi

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida giyohvandlik vositalarining noqonuniy …
12:20 / 26.08.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda to‘liq ish stajiga ega bo‘lmagan yangi pensionerlar ulushi 61 foizga yetdi

O‘zbekistonda to‘liq ish stajiga ega bo‘lmagan yangi pensionerlar ulushi 61 foizga yetdi

O‘zbekistonda yangi tayinlangan pensiyalar tarkibida to‘liq ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar ulushi 61 foizga yetdi. Ya’n…
09:45 / 25.08.2026
Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Ukrainaning “Ozodlik” ordeni – mamlakatdagi eng oliy davlat mukofotlaridan biri bilan taqdirl…
16:13 / 26.08.2026
Bugun O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Bugun O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

25 avgust kuni O‘zbekiston hududlarida asosan biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Aksariyat joylarda yog‘ingarchilik kutilmayd…
17:28 / 24.08.2026
Quyi Chirchiqda hokim yordamchisi fuqarolarga ajratilgan 130 mln so‘mlik imtiyozli kreditni o‘zlashtirgani aytilmoqda

Quyi Chirchiqda hokim yordamchisi fuqarolarga ajratilgan 130 mln so‘mlik imtiyozli kreditni o‘zlashtirgani aytilmoqda

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida hokim yordamchisi fuqarolarga ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larini o‘z shaxsiy…
12:09 / 26.08.2026
Jizzaxda 13,6 kg opiy moddasi aniqlandi

Jizzaxda 13,6 kg opiy moddasi aniqlandi

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida giyohvandlik vositalarining noqonuniy …
12:20 / 26.08.2026
“Mamlakatlarimiz o‘zgacha birodarlik rishtalari bilan bog‘langan” – Saida Mirziyoyeva

“Mamlakatlarimiz o‘zgacha birodarlik rishtalari bilan bog‘langan” – Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Ilhom Aliyev boshchiligidagi mehmonlar va ularning oila a’zolari bilan uchrashdi.
09:28 / 26.08.2026
1-sinflardan ortib qolgan o‘quv qurollari bog‘chalarga bepul tarqatiladi

1-sinflardan ortib qolgan o‘quv qurollari bog‘chalarga bepul tarqatiladi

O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilari uchun xarid qilingan o‘quv qurollaridan ortib qolgan qismi maktabgacha ta’lim tashkilotlar…
11:05 / 26.08.2026
OTMga kirish imtihonlarida maksimal ball olgan bitiruvchilar soni 8 baravarga oshdi

OTMga kirish imtihonlarida maksimal ball olgan bitiruvchilar soni 8 baravarga oshdi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish testlarida eng yuqori natijani qayd etgan maktab bitiruvchilari soni yildan-…
12:13 / 26.08.2026
Prezident davlat mukofotlari sohiblarini tabrikladi

Prezident davlat mukofotlari sohiblarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat mukofotlari bilan taqdirlangan har bir insonning mehnati, fidoyiligi va ko‘rsatgan jasor…
14:32 / 26.08.2026
Sherzod Asadov xalqaro mediaforum ochilishida ishtirok etdi

Sherzod Asadov xalqaro mediaforum ochilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkent va Samarqandda o‘tkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi n…
14:08 / 25.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!