$
11987.16 UZS
13.68
₽
146.29 UZS
-0.3
€
13393.25 UZS
-43.39
31° Kechasi 18°

Ronaldu, Messi, Mbappe va prezidentlar – dunyo futbol qiroli bilan qanday vidolashmoqda?

09:46 / 31.12.2022

29-dekabr kuni afsonaviy futbolchi 82 yoshli Pele vafot etdi. Uning dafn marosimi 3 yanvar kuniga belgilandi.

Edson Arantes di Nasimentuning o‘limi barcha muxlislar uchun qayg‘uli yangilik bo‘ldi. Bir necha kun oldin uning ahvoli sezilarli darajada yomonlashdi va braziliyalik to‘p sehrgarining o‘zi oilasi bilan vidolashdi.

Ilgari, Pelega umumiy tana shishi tashxisi qo‘yilgan edi. So‘nggi oylarda Pele bir necha marta kimyoterapiya tekshiruvidan o‘tdi, ammo bu ijobiy natija bermadi. 2021-yil sentyabrida Pelega yo‘g‘on ichak o‘smasi tashxisi qo‘yildi, 2022-yil aprel oyida esa uning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar paydo bo‘la boshladi. Bundan tashqari, unda buyrak va prostata bilan bog‘liq muammolar ham bor edi. 29-noyabr kuni tekshiruvlar o‘tkazish va davolash kursini o‘zgartirish uchun yana shifoxonaga yotqizildi.

Globo nashrining xabar berishicha, braziliyalik afsona ichak saratoni tufayli vafot etgan. Pele bilan bog‘liq holda, asosiy muammo yo‘g‘on ichakda bo‘lgan, ammo metastazlar allaqachon boshqa organlarga o‘tgan.

Pelening oila a’zolari u futbolchilik faoliyatini boshlagan “Santos” klubidan 10-raqamni abadiylashtirishni so‘ramoqda (ya’ni boshqa hech kim 10-raqamli libos kiymaydi). Yaqin orada marhumning yaqinlari klubga rasmiy so‘rov yuborishadi.

Xo‘sh, butun dunyo futbol qiroli bilan qanday xayrlashmoqda?

Braziliya hukumati Pelening vafotiga shundan munosabat bildirdi:

“Pele. Chempionlar ichra g‘olib, hayotimizning tirik afsonasi. Kelajak avlodlar uni maydon tashqarisidagi olijanob inson va maydondagi sehrgar sifatida eslaydilar. Uning 10-raqamli epik futbolkasi muxlislar tomonidan allqachon abadiylashtirilgan”.

Сегодня умер Пеле

“Pele o‘lmas, u abadiy biz bilan”, – deb yozdi FIFA prezidenti Janni Infantino ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Santos shahri meri esa Pelening o‘limi munosabati bilan yetti kunlik motam e’lon qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ertaga, 1-yanvar kuni Braziliya prezidenti lavozimini tark etuvchi Jair Bolsonaruga Pele vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

“Hurmatli janob Prezident, braziliyalik buyuk futbolchi Pelening vafoti munosabati bilan chuqur hamdardligimizni qabul qiling. Edson Arantes di Nasimentu Braziliya xalqining buyuk farzandi edi. Uning iste’dodi, betakror mahorati, go‘zal, jozibali o‘yini tufayli futbol butun dunyoda, jumladan, Rossiyada ham millionlab odamlarning sevimli sport turiga aylandi.

Men bu ajoyib inson bilan shaxsan muloqot qilish baxtiga muyassar bo‘ldim va u haqidagi eng yorqin xotiralarni abadiy saqlayman. Afsonaviy Pelening oila a’zolari va yaqinlariga hamda mamlakatingizning barcha fuqarolariga samimiy hamdardlik so‘zlarini yetkazishingizni so‘rayman”, – deya Putinning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Rossiya prezidenti rasmiy sayti.

AQSHning sobiq prezidenti Bill Klinton ham ushbu qayg‘uli xabarga o‘z munosabatini bildirgan:

“Pele nafaqat futbol afsonasi, balki insonparvarlik va global timsol ham edi. U o‘z shon-shuhratini huquqdan mahrum bo‘lgan bolalarni kuchaytirish va butun dunyo bo‘ylab avlodlarni ilhomlantirish uchun ishlatgan. Biz unga hayoti va merosi uchun minnatdorchilik bildiramiz”.

AQSHning yana bir sobiq prezidenti Barak Obama ijtimoiy tarmoqlarda shunday deb yozdi:

“Pele bu go‘zal o‘yinning eng buyuk futbolchisi va dunyodagi eng taniqli sportchilardan biri sifatida sport odamlarni birlashtirish qudratiga ega ekanligini bilar edi. Bizning fikrimiz uning oilasi, uni sevgan va hayratga tushgan barcha bilandir”.

Hatto NASA ham Pelening vafotiga o‘ziga xos munosabat bildirgan:

“Biz ko‘pchilik “chiroyli o‘yin” qiroli sifatida tan olgan afsonaviy Pelening ketishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Haykaltarosh yulduz turkumidagi bu spiral galaktika tasviri Braziliya ranglarini aks ettiradi”.

Santos meriyasi Pele xotirasini dron namoyishi bilan sharaflaydi. Odatda mahalliy vaqt bilan soat 18:30 da yopiladigan Santos klubi do‘koni tashrif buyuruvchilarni qabul qilishda davom etmoqda. Bugungi kunda u aniq yopilish jadvalisiz ishlaydi. Muxlislar klub atributlarini sotib olish imkoniyatidan har doimgidan-da ko‘proq foydalanmoqda.

“Bugun men akamni yo‘qotdim. Katolik nasroniy sifatida men bilamanki, inson o‘lganidan so‘ng abadiy hayot uchun qayta tiriladi. Xudo bilan birga bo‘lish uchun biz abadiylikka ega bo‘lamiz. U faqat oxiri bor dunyoni tark etdi va oxiri yo‘q dunyoga ketdi. Xayr, Pele”, – braziliyalik ikki karra jahon chempioni Kafu.

Ronaldo Nazario (o‘sha braziliyalik fenomen) futbol qirolini ulug‘lovchi post qoldirdi.

“O‘ziga xos. Ajoyib. Texnik. Ijodiy. Ideal. Abadiy. Pele qayerga kelgan bo‘lsa, u yerda qoldi. Hech qachon insonlar qaldini tark etmaydi. Futbol qiroli bitta. Hamma zamonlarning eng buyuk o‘yinchisi.

Dunyo motamda. Ayriliqning qayg‘usi yozma tarixning ulkan g‘ururiga qo‘shilib ketdi. Sizdan keyin kelish qanday sharaf, do‘stim. Sizning iste’dodingiz har bir futbolchi o‘tashi kerak bo‘lgan maktabdir. Uning merosi avloddan-avlodga o‘tadi. Shu tufayli ham Pele siymosi yashashda davom etadi. Bugun va har doim biz sizni hurmat qilamiz. Rahmat Pele. Joying jannatda bo‘lsin”.

O‘z navbatida Krishtianu Ronaldu ham afsonaviy braziliyalik futbolchiga bag‘ishlangan post qoldirdi:

“Barcha Braziliya ahliga, xususan, senor Pelening oilasiga chuqur hamdardlik bildiraman. “Abadiy qirol bilan vidolashuv” degan jumla butun futbol olami ayni damda nimalarni boshdan kechirayotganini ifodalash uchun yetarli bo‘lmaydi. U yuz minglab odamlar uchun ilhom manbayi. Pele unutilmaydi va uning xotirasi har bir futbol ishqibozi xotirasida abadiy qoladi. Joyingiz jannatda bo‘lsin”.

“Pari Sen-Jermen” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi esa “Joyingiz jannatda bo‘lsin, Pele”, – deya o‘z Instagram sahifasida yozib qoldirgan.

“Futbolning abadiy qiroli, afsona! Joyingiz jannatda bo‘lsin, Pele. Siz futbol tarixini o‘zgartirdingiz. Sizning merosingiz doimo qalbimizda qoladi. Hammasi uchun rahmat!”, – deya uning vafotiga munosabat bildirgan Braziliya terma jamoasi sardori Tiago Silva.

Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi matbuot xizmati Edson Arantes di Nasimentuning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan va braziliyalik futbolchining Lev Yashin bilan biga suratini joylashtirgan.

“Pele vafot etdi. Afsona 82 yoshda edi. Abadiy xotira”.

Fransiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe afsonaviy braziliyalik hech qachon buyuklik cho‘qqisidan tushmasligini qayd etgan:

“Futbol qiroli bizni tark etdi, lekin uning buyukligi hech qachon unutilmaydi”.

Maqolani o‘zbekistonlik sharhlovchi Xayrulla Hamidov yozga so‘zlar bilan yakunlamoqchiman:

“Bir kun kelib kimdirni qirol, deb tan olgudek bo‘lsalar, bilingki, shundoq, hech kimga qiyoslamay ta’rif berishadi. Taqqoslashdimi, Peledan zo‘r deyishdimi, hali u qirol emas. Chunki qirollik hamma tan oladigan va boshqalar keyinchalik unga nisbat beradigan tushuncha”.


Futbol


														
														OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

Qarşining «Nasaf» klubi Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçidagi törtinçi öyinini «Al-Quvayt» (Quvayt) klubiga qarşi ötka…
08:21 / 05.11.2026

														
														“Barsa” o‘z maydonida “Real”ga mag‘lub bo‘ldi

“Barsa” o‘z maydonida “Real”ga mag‘lub bo‘ldi

Tunda La Liganing 10-turidan o‘rin olgan “El-klasiko” bahsi bo‘lib o‘tdi. “Barselona” o‘z maydonida “Real Madrid”ni qabul qi…
09:27 / 26.10.2026

														
														Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Portugaliya futbol federatsiyasi Krishtianu Ronalduni bir oy muddatga milliy terma jamoa safidagi o‘yinlardan chetlatdi va u…
10:36 / 20.10.2026

														
														Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

39 yoshli Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyati davomida uni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga minna…
09:41 / 08.10.2026

														
														Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

7-oktyabr kuni Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. Benin terma jamoasiga qarshi bah…
09:57 / 07.10.2026

														
														Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Ruminiya futbol federatsiyasi (FRF) dunyoda birinchi bo‘lib qora kartochkani joriy etdi. Yangi chora yoshlar futboli uchrash…
12:05 / 12.09.2026

														
														O‘zbekistonning Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

O‘zbekistonning Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Argentina bilan o‘tkazishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Bunga L…
16:35 / 07.09.2026

														
														Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasidan ketganini e’lon qilgan Lionel Messiga jurnalist Veronika Brunati ta’sirli maqola orqali minnatdor…
14:07 / 04.09.2026

														
														Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

“Paxtakor”ning Osiyo Chempionlar ligasi Elita turniri asosiy bosqichidagi taqvimi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Toshkent klubi …
11:47 / 19.08.2026

														
														2026-yilgi mundial FIFA uchun rekord daromad keltirdi

2026-yilgi mundial FIFA uchun rekord daromad keltirdi

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati FIFA tarixidagi eng daromadli turnirga aylandi.
12:07 / 21.07.2026

Bu ham qiziq

Toşkent aeroportida 1 mlrd sömdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiriş holatlari aniqlandi

Toşkent aeroportida 1 mlrd sömdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiriş holatlari aniqlandi

Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan umumiy qiymati 1 milliard 20,6 million sömlik zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiri…
14:24 / 05.11.2026
Özbekistonda 132 ta quriliş taşkiloti şartnomalarida xaridorlar huquqlarini çeklovçi bandlar aniqlandi

Özbekistonda 132 ta quriliş taşkiloti şartnomalarida xaridorlar huquqlarini çeklovçi bandlar aniqlandi

Özbekistonda 132 ta quriliş taşkilotining uy-joy sotib oliş böyiça şartnomalarida iste’molçilar huquqlarini çeklovçi şartlar…
14:21 / 06.11.2026
Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida fuqarolarning hayoti, soğliği va mol-mulkiga yetkazilgan z…
14:28 / 05.11.2026
Toşkent viloyatidagi sanoat korxonasi havoni ifloslantirib kelayotganligi aniqlandi

Toşkent viloyatidagi sanoat korxonasi havoni ifloslantirib kelayotganligi aniqlandi

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan Bekobod şahridagi “M.K.” korxonasi faoliyati ör…
12:11 / 07.11.2026
Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonning «Ala-Arça» milliy boğida uzunligi 732 metr bölgan osma şişa köprik quriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda milliy …
10:32 / 08.11.2026
Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

7-noyabr kuni Polşadagi Krakov şahrining Boş bozor maydonida otişma sodir böldi.
10:38 / 08.11.2026
Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

5-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati yaxşilanişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Ekologiya axborot xi…
09:25 / 05.11.2026
Behruz Karimov jamoasi Konferensiyalar ligasida peşqadamga aylandi

Behruz Karimov jamoasi Konferensiyalar ligasida peşqadamga aylandi

Şveysariyaning “Lugano” klubi UEFA Konferensiyalar ligasining 5-noyabr kuni bölib ötgan uçraşuvida Litvaning “Kauno Žalgiris…
14:24 / 06.11.2026
Xotini va 2,5 yoşli qizini öldirgan erkak umrbod qamaldi

Xotini va 2,5 yoşli qizini öldirgan erkak umrbod qamaldi

Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida xotinini öldirib, 2,5 yoşli qiziga jinsiy zöravonlik qilgan va uning ham hayotiga zomi…
08:53 / 06.11.2026
Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkent şahrida 6-noyabrga ötar keçasi yomonlaşgan atmosfera havosi sifati tongga kelib yaxşilandi. Milliy havo sifati indek…
16:13 / 06.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!