Isroil harbiylarining Livan shimoliga uyushtirgan havo hujumlarida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Livan Qizil Xoch jamiyati ma’lum qildi.
Zarbalar Zigart viloyatining Aytu shahriga qaratilgan. Hujum oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, yana 4 kishi jarohatlangan.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil 8-oktyabrdan buyon Isroilning Livanga bergan zarbalari oqibatida 2 306 kishi halok bo‘lgan. Ular orasida 104 nafar bola va 194 nafar ayol bor. Shuningdek, 10 698 kishi jarohatlangan.
Avvalroq Isroil Livanning sharqidagi Baalbek shahriga ham havo hujumi uyushtirgandi. O‘sha zarba oqibatida bir kishi halok bo‘lib, bir necha kishi jarohatlangan.
Isroilning Livandagi quruqlikdagi operatsiyasi boshlanganidan buyon kamida 14 nafar isroillik harbiy halok bo‘lgani, 100 nafardan ortig‘i esa yaralangani xabar qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!