Prezident 28-sentyabr kuni qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalaridan ruxsatnoma olish talab etiladi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, ko‘p kvartirali uylarni tegishli inspeksiyalarning ruxsatnomasisiz qurish ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takroran sodir etilsa, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shuningdek, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish odam o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 13-yanvar kuni birinchi o‘qishda qabul qilingan va Senat tomonidan 9-iyulda ma’qullangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!