Ertaga Qozogʻistonning Olma-Ota shahrida shaxmatning rapid va blits yoʻnalishlari boʻyicha Jahon birinchiligi start oladi.
Bugun esa Jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi hamda matbuot anjumani oʻtkaziladi. Ertaga Toshkent vaqti bilan soat 15:00da rapid yoʻnalishi boʻyicha ilk oʻyinlar boshlanadi. Musobaqa 30 dekabrga qadar davom etadi.
Jahon chempionatining umumiy sovrin jamgʻarmasi 1 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Musobaqada Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Erkaklar terma jamoasidan kuni kecha Ozarbayjonning Boku shahrida Vugar Gashimov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro musobaqa gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Nodirbek Abdusattorov, shuningdek, Butunjahon shaxmat olimpiadasi gʻoliblari Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboyev, Jahongir va Shamsiddan Vohidov, FIDE ustalari Humoyun Bekmuratov, Muhammadzohid Suyarovlar joy olgan.
Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi safida esa Nafisa Moʻminova, Umida Omonova, Afruza Hamdamova kabi shaxmatchilarimiz dona surishadi.

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!