Joriy yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi va 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, 1988-yilda tug‘ilgan G‘ayrat Aberayev hamda Taftish.uz OAVsi xodimlari 1992-yilda tug‘ilgan Azizjon Yuldashev, 2000-yilda tug‘ilgan Sardor Xamidov, 2006-yilda tug‘ilgan Marjona Eshquvvatova hamda 1998-yilda tug‘ilgan Dilshod Nishonovlar protsessual tartibda ushlanganlar.
Hozirda ularning O‘zbekiston Respublikasi JKning 139-moddasi hamda 244/6-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!