Olimlar to‘g‘ri ovqatlanish inson umrini uzaytirishini aniqladi.
O‘tkazilgan tadqiqotda 40 dan 69 yoshgacha bo‘lgan 450 mingga yaqin ishtirokchining maʼlumotlari tahlil qilingan.
Maʼlum bo‘lishicha, nosog‘lom ovqatlanishdan sog‘lom ovqatlanishga o‘tgan odamlarda umr ko‘rish davomiyligi o‘rtacha bir necha yilga ko‘paygan. Xususan, nosog‘lom ovqatlanishdan sog‘lom ovqatlanishga o‘tgan va unga amal qilgan o‘rta yoshlilar umri o‘rtacha o‘n yilga uzaygan.
Sut va sut mahsulotlari, sabzavotlar, yong‘oqlar va dukkakli ekinlarni ko‘p isteʼmol qilish, tuxum, qizil go‘sht va shirin ichimliklarni nisbatan kam isteʼmol qilish umrni uzaytiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!