$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

Liboslar dizayni uchun “Oskar” mukofotini olgan mashhur filmlar

22:31 / 16.11.2021

Yaratgan liboslari uchun “Oskar” mukofotini olishni kinematografiya yoʻnalishida ishlovchi barcha rassomlar orzu qilishadi. Filmlardagi qahramonlarning obrazlarini yaratishda ularning liboslaridan tashqari, soch turmaklari va pardozlari ham hisobga olinadi. Tomoshabinlarni qahramonlarning jozibador obrazlari bilan rom etgan va buning uchun rassomlari “Oskar” haykalchasini olgan filmlar roʻyxatini sizga taqdim etamiz. 


1. “Sabrina” 
“Sabrina” filmini suratga olish boshlanganida Odri Xepbern allaqachon mashhur yulduzlardan biri boʻlgan, shuning uchun suratga olish jarayoniga oid talablarini bemalol qoʻya olgan. Liboslar boʻyicha rassomni oʻzi tanlagan va koʻylaklari ustida ishlaydigan dizayner topishni unga qoʻyib berishgan. Odri Xepbern bu vazifani oʻsha vaqtlarda hali yaxshi tanilib ulgurmagan Yuber Jivanshiga topshirgan. 

Qizigʻi shundaki, Jivanshi Odri Xepbernning kim ekanligini bilmagan, chunki oʻsha yili “Rim taʼtillari” filmi Fransiyada hali namoyish qilinmagan edi. Jivanshi aktrisa filmda kiyadigan li boslarni tikish uchun vaqt sarf etishni xohlamasdan unga koʻylaklarni allaqachon tayyorlab qoʻyilgan toʻplamlari ichidan tanlab olishni taklif qilgan. 


Ajablanarlisi shundaki, Xepbern bunga qarshi boʻlmagan, unga fransiyalik modelyerning barcha liboslari yoqib tushgan. Bundan tashqari, liboslar Odrining barcha talablariga javob bergan. Shunday qilib, Sabrinaning garderobida keyinchalik Xepbernning ham tashrif qogʻoziga aylanib qolgan liboslar paydo boʻlgan.

Odri ijro etgan qahramonning boshqa liboslari esa Edit Xed tomonidan yaratilgan. Edit Xed oʻsha vaqtlarda liboslar dizayni boʻyicha sakkizta “Oskar”ni allaqachon qoʻlga kiritib boʻlgandi. “Sabrina” filmi Oskar mukofotiga sazovor boʻlgan tadbirda mashhur haykalchani Edit Xed qabul qilib olgan.

2. “Buyuk Getsbi” 
2014-yilda Frensis Skott Fitsjerald tomonidan yozilgan “Buyuk Getsbi” asari asosida suratga olingan film ekranlarga chiqdi. Odamlarning eʼtiborini tortgan asosiy narsa filmdagi aktyorlar jamoasi emas, liboslar boʻldi. Film uchun liboslarning barchasi “Prada” modalar uyi tomonidan yaratilgan. Liboslar 1920-yillarda urfga kirgan kiyimlarga unchalik oʻxshamagan boʻlsa ham, ular yozuvchi tasavvur qilgan muhitni koʻrsatib bera olgan. 

Экранизация книги Ф.С. Фицджеральда 2014 года. / Фото: esquire.ru

Liboslar boʻyicha rassom Ketrin Martin asar bosh qahramonlaridan biri Deyzi chiroyli, nafis, jozibali, istalgan vaqtda yoʻqolib qolishi mumkin boʻlgan malak kabi koʻrinishi kerakligini yaxshi bilardi. Buning uchun rassomlarga kulrang va shaftolirang liboslar yordam bergan. Ketrin Deyzining nafis va betakror obrazini yaratishda 1920-yilda urfga kirgan liboslarning bichimlaridan foydalangan. 

Rejissyor Baza Lurman bosh qahramon Deyzi obraziga tegishli hamma buyumlarda yaltiroq narsalar koʻproq boʻlishini xohlagan. Bu talabni faqat koʻylaklar bilan qondirish imkoniyati boʻlmagani uchun ham rassom turli bezaklar yaratishni boshlagan. “Tiffany & Co” modalar uyi tomonidan yaratilgan diademalar filmning tashrif qogʻoziga aylanib qolgan. Noodatiy taqinchoqlar Deyzi obraziga xushchaqchaqlik va jasorat kayfiyatini bera olgan.

3. “Anna Karenina” 
Juda koʻp rejissyorlar tarixiy filmlarga qoʻl ursalar, oʻsha davr modasi va kayfiyatini qahramonlarning liboslari orqali koʻrsatib berishga harakat qilishadi. Lekin, Jo Rayt buning uchun boshqacha yoʻlni tanlagan. U liboslar boʻyicha rassom Jaklin Dyurrandan Annaning liboslari orqali uning feʼl-atrofi va kayfiyatini koʻrsatib berishni iltimos qilgan.

Kira Naytli kiygan liboslar bir-biridan ajralib turadi. Koʻylaklarning rangi Annaning kayfiyati va uning ruhiy holatiga qarab oʻzgaradi, qahramonning liboslariga qarab uning qanday holatda ekanligini tushunib olsa boʻladi. Anna Vronskiy bilan tanishadigan balga qora rangli koʻylakda tashrif buyuradi, koʻylak rangi uning hayotiga kirib kelayotgan fojiaga ishora qiladi. Karenina oʻzini himoyasiz his qilgan vaqtlarda oq rangli koʻylaklar, tushkun holatda boʻlgan kunlari esa kulrang liboslarda koʻrinish beradi. Filmning oxirgi sahnasida esa uni yana qora rangli koʻylak kiygan holatda koʻramiz.

Film tomoshabinlar eʼtiborini hashamatli liboslardan tashqari taqinchoqlar bilan ham torta olgan. Annaning taqinchoqlari “Chanel” modalar uyi tomonidan yaratilgan.


Qiziqarli tomoni shundaki, aktrisa qimmatbaho taqinchoqlarni suratga olish ishlari uchun taqdim etishlari masalasida modalar uyi bilan shaxsan oʻzi gaplashgan. Shunday qilib, bosh qahramon Annaning taqinchoqlar qutisida “Camelia Poudre” marjoni paydo boʻlgan. Ushbu taqinchoq 6,8 karatli olmos bilan ishlangan, narxi esa 2 million dollar.

4. “Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi”
“Uzuklar hukmdori” serialidagi liboslar boʻyicha rassom trilogiyaning uchala qismida ham oʻzi ishlagan, lekin liboslar dizayni boʻyicha “Oskar” mukofotini serialning uchinchi qismi ekranlarga chiqqandan keyin olgan. Dizayner Richard Teylor elflar, orklar, xobbitlar va boshqa qahramonlar, Nayl Dikson, Jenis Meysvan, Liz Makgregorning liboslari ustida ishlagan. U liboslarni yaratish jarayonida Alan Li va Jon Xouga tegishli kitoblarda berilgan illyustratsiyalarga tayangan. Rassom serial uchun oʻrtacha 19 mingta libos tikkan. U liboslarni yaratishdan tashqari ularni qahramonlar hayot kechirgan vaqtlarga mos qilib, eskirtirib berishi ham kerak boʻlgan.

Rassom uchun eng koʻp mehnat talab qilgan liboslar – elflarning kiyimlari boʻlgan. Ularning liboslarini yaratishda parcha matosidan foydalanilgan. Matoning yaltirab turishi uchun ishchi guruh uni qumqogʻoz bilan ishqalab chiqqan ekan. Kundalik liboslar irqning donishmandligiga urgʻu berish maqsadida yashil va jigarrang matolardan tikilgan.


Arvenning koʻylagi – butunlay boshqa hikoya, u bir vaqtda chiroyli, hashamatli va nafis koʻrinishi kerak boʻlgan. Gʻoyani amalga oshirish maqsadida liboslar rassomi kulrang, toʻq qizil, siyohrangli duxoba va parcha matolaridan foydalangan. 

Арвен на коронации Арагорна. / Фото: nashaplaneta.su

Arven toj kiyidirish marosimida qanday libosda boʻlganini eslay olasizmi? U yangi hayot timsoli hisoblanadigan yorqin rangli libosda koʻrinish bergan.

5. “Alisa moʻjizalar mamlakatida”
“Alisa moʻjizalar mamlakatida” filmida liboslar boʻyicha rassom sifatida ishlash uchun Tim Berton tomonidan eski hamkasbi Kolin Etvud taklif qilingan. Kolin Lyuis Kerroll tomonidan tasvirlab berilgan obrazlardan uzoqlashmagan, lekin ularga bir nechta oʻzgartirishlar kiritgan. Misol uchun, rassom Alisaning moviy koʻylagini fartuk oʻrniga qushlar va hayvonlarning suratlari bilan bezatgan. Qizcha tuynukka tushib ketganidan keyin uning koʻylaklari ham oʻzgaradi. 

Shlyapachi obrazini yaratish jarayonida aktyor Jonni Deppning oʻzi ham qatnashgan. Liboslar qahramonning kayfiyatini aks ettirib turishi, u oʻzini qanday his qilayotganiga qarab kiyimlarning ham rangi oʻzgarishi gʻoyasini rassomga Jonni Depp bergan ekan. Qahramon kiyib yuradigan ajoyib shlyapa ham qiziqarli tarixga ega. Kolinning soʻzlariga koʻra, u shlyapani tasodifan Italiyadan sotib olgan. Keyin esa uning tarixiy shlyapalarga oʻxshash ekanligini tushungan. 

Qizil qirolicha liboslari oʻzida oq, qora va qizil ranglarni aks ettiradi. Rassom Xelena Bon qahramonining didi yomon ekanligini koʻrsatishga harakat qilgan. Shuning uchun libosdagi yurakcha, chiziqlar va boshqa detallar juda koʻpayib ketgan. Qirolichaning boshi bir necha baravar kattaroq boʻlib koʻrinishi uchun Kolin libosning old tomoniga bel qismini ingichka koʻrsatadigan bezak tikkan, boʻyin qismini esa tikka yoqalar yordamida kengaytirgan.



														
														HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025

														
														“Ustasi farang o‘g‘rilar 3” filmining premyera sanasi ma’lum bo‘ldi

“Ustasi farang o‘g‘rilar 3” filmining premyera sanasi ma’lum bo‘ldi

Jahon premyerasi kuzga rejalashtirilgan.
12:23 / 05.07.2024

														
														Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi

Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi

2023-yilda aktyor 27 yil davomida birga yashagan turmush o‘rtog‘i Deborra Li bilan ajrashganini ma’lum qilgan edi.
12:01 / 05.07.2024

														
														“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi Irlandiyadagi eng qimmat filmga aylanadi

“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi Irlandiyadagi eng qimmat filmga aylanadi

Ma’lum bo‘lishicha, serialning bosh rol ijrochisi Jenna Ortega ikkinchi mavsumga prodyuserlik ham qiladi.
16:10 / 04.07.2024

														
														“Titanik” aktyorlari 24 yil o‘tib qanday ko‘rinishga ega

“Titanik” aktyorlari 24 yil o‘tib qanday ko‘rinishga ega

Bugun biz filmning asosiy qahramonlarini eslamoqchimiz va aktyorlar qanchalik o‘zgarganini ko‘rmoqchimiz.
12:25 / 28.06.2024

														
														Kitobidan ko‘ra kinosi qiziq chiqqan asarlar

Kitobidan ko‘ra kinosi qiziq chiqqan asarlar

Shunday filmlar ro‘yxatini sizga ulashamiz.
12:16 / 28.06.2024

														
														“Tansoqchi” filmi yulduzi Bill Kobbs 90 yoshida vafot etdi

“Tansoqchi” filmi yulduzi Bill Kobbs 90 yoshida vafot etdi

Aktyor yaqinda 90 yoshni qarshilagan edi.
12:07 / 28.06.2024

														
														“Shrek 5” 2025-yilda ekran yuzini ko‘radi

“Shrek 5” 2025-yilda ekran yuzini ko‘radi

Franshizaning beshinchi qismi bo‘yicha ishlar esa bir necha oydan beri davom etmoqda.
14:47 / 27.06.2024

														
														“Boshqotirma” multfilmining seriali ishlab chiqiladi

“Boshqotirma” multfilmining seriali ishlab chiqiladi

Multserial 2025-yilning bahorida Disney+ da namoyish etiladi.
16:39 / 26.06.2024

														
														“Oskar”ni qo‘lga kiritgan kino liboslari

“Oskar”ni qo‘lga kiritgan kino liboslari

“Oskar” tarixida sahna kostyumlari uchun mukofotni qo‘lga kiritgan bir nechta dizaynerlarni keltirib o‘tamiz.
16:35 / 26.06.2024

Bu ham qiziq

1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

1-avgustdan ish haqi va pensiyalar oshdi. Qolgan to‘lovlar-chi?

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 271 000 so‘mni tashkil etadi
18:29 / 03.08.2025
Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Rossiya va Ozarbayjon bir-birini agressivlikda ayblamoqda
19:39 / 02.08.2025
Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

“2017-yildan beri 120 milliard dollarlik sarmoya jalb qilindi” – deyiladi maqolada
22:16 / 03.08.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

“Endi ular jinoiy javobgarlikka tortilib, sud oldida javob beradilar”, – deyiladi xabarda.
11:37 / 03.08.2025
G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

Mahalliy va xalqaro doiralar Isroil “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida” foydalanayotganini aytadi.
15:26 / 03.08.2025
3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
21:26 / 02.08.2025
O‘zbekistonning savdo bo‘yicha asosiy hamkorlaridan qo‘shni Qirg‘iziston bo‘lib turibdi

O‘zbekistonning savdo bo‘yicha asosiy hamkorlaridan qo‘shni Qirg‘iziston bo‘lib turibdi

Birgina gilam savdosi bo‘yicha 2025-yilda qariyb 4 mln² gilam qo‘shni davlatga eksport qilingan
19:50 / 02.08.2025
Toshkentdagi “Mangal fest”da janjal chiqdi

Toshkentdagi “Mangal fest”da janjal chiqdi

Ma’lumotlarga ko‘ra “Mangal fest”da bir guruh fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.
12:20 / 03.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

Bu haqda xalqaro shartnomani tasdiqlash haqida prezident qarori qabul qilindi
20:42 / 03.08.2025
Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Senatning navbatdagi majlisida qaror loyihasi ko‘rib chiqildi
18:12 / 02.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!