$
12004.02 UZS
85.04
₽
148.80 UZS
0.76
€
13361.67 UZS
77.97
31° Kechasi 18°

2021-yil: jurnalistlar bosim va tazyiqdan xalos bo‘lmadilarmi?

18:46 / 29.12.2021

Kuzatilayotgan yil O‘zbekistonda Prezident saylovi yili bilan ahamiyatli edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan muloqotda bir necha marta ular huquqlari himoyalanishi, har qanday bosim va tazyiqlarga javobgarlik kuchaytirilishi lozimligi haqida aytib keldi. Bir qator jurnalistlar so‘z erkinligiga aynan Prezidentning moneligi yo‘q deb hisoblaydilar. Lekin mamlakat “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti ro‘yxatida 157-o‘rinda turibdi.

Xabardor.uz 2021-yilda ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘zlarining kasbiy huquqlari poymol etilgan deb hisoblagan holatlar jamlanmasini eʼlon qiladi.

Abdulaziz Muborak nega ketmoqchi bo‘ldi?

Azon.uz sayti bosh muharriri Abdulaziz Muborak 3 fevral kuni sayt faoliyatiga bo‘layotgan bosimlar ortidan ishdan ketishini eʼlon qildi. Uning qaroriga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilshod Eshnayev qator maqolalarni nashrdan oldirib tashlash talabi sabab bo‘lgan. 

Dilshod Eshnayev “Mening yurtim” telekanalida namoyish etilayotgan “Hukmdor Usmon” serialining namoyishi to‘xtatilishining ham tashabbuskori bo‘lgani aytiladi.

Agneshka Pikuliska voqealari

Guardian, Al Jazeera, The Diplomat xalqaro nashrlari uchun yozadigan polshalik mustaqil jurnalist Agneshka Pikuliska-Vilchevska bilan bog‘liq xabarlar silsilasi deyarli yil bo‘yi davom etdi. Avvaliga jurnalistga Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiya bermaganligi vazirlik tomonidan birkitilgan “Rustam” ismli yigitning shilqimligi fonida yoritildi. So‘ng TIV Agneshkadan uzr so‘radi va akkreditatsiyasi rasmiylashtirildi.

Pikuliska aprel oyida bloger Abduaziz Bozorovning ayovsiz kaltaklangani voqealarini yoritdi. Uning maqola va xabarlari ortidan IIV Agneshka Pikuliskani  voqealarni noto‘g‘ri talqin qilishda va huquqni muhofaza qilish idoralarini obro‘sizlantiradigan maʼlumotlarni nashr etishda ayblagan. Jurnalist esa qonunni buzgan bo‘lsa, sudga murojaat qilishini yozgan.

Iyun oyiga kelib esa yana Agneshka Pikuliskaga TIV uning akkreditatsiyasini uzaytirmaslik to‘g‘risidagi qarorini bildirgan. “Bu mamlakatda deyarli o‘zgarishlar bo‘lmaganligini anglatadi”, – deb yozgan edi Agneshka Pikuliska o‘z Twitter‘ida.

Akkreditatsiya ololmagan Pikuliska baribir Toshkentda qolgan. Lekin, 30 kundan ortiq vaqtda vizasiz yurishning noqonuniy bo‘lganligidan har oyda bir marta Qozog‘istonga chiqib kirgan. 7 noyabrda navbatdagi shunday safarida u O‘zbekistonga kiritilmagan.

Davlat chegarasida kun davomida qolib ketgan jurnalist “men hamon chegaradaman, sovuqda, na ovqat, na uxlash uchun oddiy joy bor. Men hech qanday jinoyat qilmadim, shunchaki o‘z ishimni qildim”, – deya qayd etgan.

Otabek Sattoriy ishi

Yilning so‘z erkinligiga tazyiq sifatiga ko‘rilgan eng shov-shuvli voqealaridan biri bloger Otabek Sattorovning mahkamaga tortilgani bo‘ldi. Surxondaryolik bloger avvalida tovlamachilikda ayblanib, keyinroq unga oid jinoyat ishiga tuhmat va haqorat qilish mazmunidagi ayblovlar ham qo‘shilgani maʼlum bo‘lgan.

Blogerning advokati va yaqinlari u yuzlanayotgan tovlamachilik ayblovi uydirma ekanini bildirgan.

Termiz shahrida yashovchi 40 yoshli Otabek Sattoriy mahalliy aholi boshidan kechirayotgan uy-joy, yo‘l, energiya taʼminoti muammolari, korrupsiya holatlarini ko‘tarib chiqqan. Otabek Sattoriy muammolarni yoritish davomida, asosan, mahalliy hokimlar hamda rahbarlarni tanqidga tutgan.

 Deputat Rasul Kusherbayev blogerning hibs qilinishiga munosabat bildirib, bu holatni “amaldorlarni tanqid qilayotgan bitta blogerga emas, butun boshli so‘z erkinligiga, prezidentning ochiqlik siyosatiga qarshi surxondaryolik amaldorlarning isyonidir”, deya taʼriflagan.

Sud unga 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini eʼlon qilgan.

Otabek Qo‘ldoshev voqeasi

“Daryo” internet nashrining Qashqadaryo viloyatidagi muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning ichki ishlar bo‘limiga olib ketilishi 2021-yil 16-aprel kuni sodir bo‘lgan. Qarshi shahridagi “Ko‘k gumbaz” masjididan Ramazon oyining birinchi juma namozi haqida reportaj tayyorlayotganida shu yerda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimi fotoapparat ishlatayotgan muxbirni savolga tutgan. Otabek suratlarni nima maqsadda olayotganini tushuntirib, avtomobilidan muxbirlik guvohnomasini olib kelganida, hodisa joyida bo‘lgan ichki ishlar xodimlaridan biri unga qo‘pollik qilib, boshqa xodimlarga muxbirni avtomobilga solib, olib ketishni buyuradi.

Uning ichki ishlar bo‘limiga mashinada olib ketilayotgani aks etgan videolavha tarqatildi.

IIV kun.uz va azon.uz saytlarini nega sudga berdi?  

Ikki sayt ham diniy mazmundagi maqolalar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekspert guruhining xulosasini olmasdan berilgan, degan ayblov bilan sudga berilib jarimaga tortilgan. Sayt xodimlari bu holatni kuch ishlatar tizimlarining nashriyot ishiga aralashuvi, deb baholashgan.

Ular norozilik sifatida 23-iyunda kun davomida saytga maqola chop qilishni to‘xtatishgan. Ijtimoiy tarmoqlarda esa, jurnalistlarni qo‘llash aksiyasi kuzatilgan.

Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi Kun.uz saytida chop qilingan diniy mazmundagi 7 ta maqoladan gumon qilib, ularni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga ekspertiza o‘tkazish uchun yuborgan.

Qo‘mita oltita maqolada O‘zbekiston qonunchiligiga zid narsa topmagan.

Anora Sodiqova mardikor bozorida qanday tazyiqqa uchradi?

“Rost24” internet-nashri bosh muharriri mardikor ayollar hayotini ichkaridan o‘rganish maqsadida o‘zi ham korjomada mardikor bozoriga chiqqan. Bu yerda u kuch ishlatar tizim xodimlari tomonidan katta tazyiqni boshidan kechirgan. Tez orada uning “Ichki ishlar xodimlarining “ichki nayranglari” yoxud Milliy gvardiya ko‘z o‘ngida o‘lib ketishiga oz qolgan “mardikor-jurnalist” kechinmalari” nomli maqolasi eʼlon qilingan. Maqolada jurnalist va uning hamkasblariga nisbatan Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan noqonuniy harakatlar qilingani, shuningdek, jurnalist shu voqealar haqida material yozsa, 200 nafar ayol ishxona oldiga janjal ko‘tarib borishlarini aytib, bosim o‘tkazilgani bayon qilingan.

AOKA jurnalist Anora Sodiqova bilan yuz bergan holat bo‘yicha bayonot berdi va “Bu ochiqlik siyosatiga ziddir!” dedi.

Feruzaning ko‘z yoshlari

“Qalampir.uz” nashri xodimi, jurnalist Feruza Najmiddinovaga ko‘rsatgan misli kuzatilmagan bosim barcha jurnalist, faol xotin-qizlarni jipslashtirdi. Uning karantin qoidalarining buzilishiga oid “Tashkent City‘dagi restoranlarning “tanka”si bormi? Maxsus komissiya qarori nega ishlamayapti?” sarlavhali reportaji eʼlon qilingan kunning ertasigayoq, yaʼni 7 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Feruza Najmiddinovani obro‘sizlantiruvchi material eʼlon qilingan. Unda Feruzaning alohida (portret) suratlari,  ko‘p qavatli uy balkonida intim munosabatdagi juftlikning videosi (qarama-qarshi uydagi shaxs tomonidan yashirincha olingan) bilan ketma-ket qo‘yilgan holda montaj qilinib, “Balkondagi mashhur qiz jurnalist Feruza Najmiddinova ekan” degan yozuv bilan tarqatilgan.

Shov-shuvlar avjiga chiqqanida, o‘sha videodagi kishilar aslida xorijiy oila ekanligi ochiqlangan.

“Men Feruzaman” aksiyasida Saida Mirziyeyova ham ishtirok etgan.

Bosimning “original”i

“Mening yurtim” (MY5) telekanali ijodiy guruhi 2021 yil 14 iyun kunida Samarqand viloyatida ijodiy safarda bo‘lgan. Guruhdagi jurnalist maʼlumotiga ko‘ra, Samarqand viloyati Ishtixon tumani dehqon bozorida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatlarini o‘rganish jarayonida tuman hokimligi matbuot xizmati xodimi operator kamerasidan xotira kartasini olib, og‘ziga solib “yeb yuborgan”.

Bu telekanal muxbirining hokimlik matbuot xizmati xodimidan izoh olishmoqchi bo‘lib murojaat qilganida sodir bo‘lgan.

Rishton tumani amaldori jurnalistga tahdid qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Rishton tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Usmonjon Mamadaliyevning jurnalist va blogerlarni haqorat qilib, ularga bosim o‘tkazgani haqida audioxabar tarqaldi. Unda, jumladan, “Enasini ko‘rsatib, oyog‘imni yalatdim”, “q**b yurmasa” kabi ko‘plab haqoratli iboralarni eshitish mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holat nazoratga olinganini maʼlum qilgan.

 

P/S: OAV xodimlari va jamoatchilik faollariga nisbatan biz bilmagan va eshitmagan bosim, tazyiq, va tahdidlar sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Tahririyat manbalarini topolmagan mavzuga oid xabarlarni yo‘llashingizni so‘rab qoladi.


Boshqalar


														
														Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyada ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayol va mehribonlik uyi…
11:40 / 21.10.2026

														
														AQShdagi maktabda otishma: to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQShdagi maktabda otishma: to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQSHning Oregon shtatidagi Bend shahrida 15-oktyabr kuni Silver Rail boshlang‘ich maktabida 16 yoshli o‘smir tomonidan sodir…
09:43 / 16.10.2026

														
														Mariya Timofeyeva O‘zbekistonning birinchi raketkasiga aylandi

Mariya Timofeyeva O‘zbekistonning birinchi raketkasiga aylandi

Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) yangilangan jahon reytingida o‘zbekistonlik 22 yoshli tennischi Mariya Timofeyeva 63-o‘…
12:48 / 13.10.2026

														
														Tramp 20 milliondan ortiq keksa amerikalikka 90 dollardan to‘lov berilishini ma’lum qildi

Tramp 20 milliondan ortiq keksa amerikalikka 90 dollardan to‘lov berilishini ma’lum qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Medicare dasturida ro‘yxatdan o‘tgan 20 milliondan ortiq keksa amerikalikka bir martalik 90 dol…
12:24 / 04.10.2026

														
														Maktab bitiruvchilari til va kasbni egallab chiqishi kerak — Prezident

Maktab bitiruvchilari til va kasbni egallab chiqishi kerak — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilari katta hayotga kamida biror til va kasbni egallagan holda chiqishi zarurli…
14:11 / 30.09.2026

														
														Qozog‘istonda 19 nafar harbiy Kaspiy dengizida oqib ketdi: 9 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda 19 nafar harbiy Kaspiy dengizida oqib ketdi: 9 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida o‘quv-jangovar mashg‘ulotlar vaqtida 19 nafar harbiy xizmatchi Kaspiy dengizida oqimga…
16:22 / 24.09.2026

														
														Texas qamoqxonalariga konditsioner o‘rnatish majburiy etib belgilandi

Texas qamoqxonalariga konditsioner o‘rnatish majburiy etib belgilandi

AQShning Texas shtatida jazirama issiq sababli yuzaga kelayotgan og‘ir sharoitlar ortidan federal sudya barcha qamoqxonalarg…
12:14 / 24.09.2026

														
														YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan voyaga yetmaganga nega 2 yil 4 oy jazo berilgani izohlandi

YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan voyaga yetmaganga nega 2 yil 4 oy jazo berilgani izohlandi

Toshkentda BMW avtomobilida YPX inspektorini urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan voyaga yetmagan D.T.ga 2 yil 4 oy mu…
09:51 / 21.09.2026

														
														Tramp AQSHda sun’iy intellekt kuchlarini yaratishni taklif qildi

Tramp AQSHda sun’iy intellekt kuchlarini yaratishni taklif qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda sun’iy intellektdan foydalanuvchi yangi kuchlarni tashkil etish rejasini ma’lum qild…
12:23 / 20.09.2026

														
														Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda Sepehran Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay shinalaridan biri yoril…
15:10 / 16.09.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

27-oktyabr kuni Özbekistonda Apple Pay xalqaro tölov xizmati işga tuşirildi. Endilikda iPhone foydalanuvçilari mamlakatdagi …
13:28 / 27.10.2026
Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Toşkent şahrining Uçtepa tumanida 24-oktyabr kuni xonadon yonğinida halok bölgan ayolning ölimi yuzasidan qasddan odam öldir…
10:00 / 27.10.2026
“Dok-1 Maks” fojiasi jabrlanuvçilariga kompensatsiya töliq tölandi

“Dok-1 Maks” fojiasi jabrlanuvçilariga kompensatsiya töliq tölandi

Özbekistonda “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalaridan jabrlangan bolalarning oilalariga kompensatsiya töliq tölab beril…
09:51 / 27.10.2026
Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Özbekistonda 2022/2023-öquv yilining qişki qabulida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan, biroq xorijiy til sert…
11:13 / 28.10.2026
“Dok-1 Maks” işi böyiça jabrlangan oilalarga 80 milliard söm kompensatsiya tölandi

“Dok-1 Maks” işi böyiça jabrlangan oilalarga 80 milliard söm kompensatsiya tölandi

“Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari iste’moli oqibatida jabrlangan oilalarga jami 80 milliard söm kompensatsiya tölan…
14:10 / 28.10.2026
Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Prezident Şavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvi boşlandi. Davlat rahbari yiğilganl…
11:35 / 27.10.2026
Andijonda qorovul stavkasini oşiriş evaziga 4,5 mln söm olgan maktab direktori jazolandi

Andijonda qorovul stavkasini oşiriş evaziga 4,5 mln söm olgan maktab direktori jazolandi

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida qorovulning iş stavkasini 0,6 dan 1 stavkaga oşirib beriş evaziga 4,5 million söm olgan …
10:22 / 27.10.2026
Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand rasmiylari Özbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz kiriş tartibini joriy etişni taklif qi…
11:03 / 28.10.2026
IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding “Iman Invest” kompaniyasining 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollar kamomad borligi haqidagi da’volarga mun…
14:18 / 28.10.2026
Toşkentda is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 kişi halok böldi

Toşkentda is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 kişi halok böldi

Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida 25-oktabr kuni is gazidan zaharlaniş oqibatida olti kişi vafot etdi, yana ikki kişi…
16:40 / 28.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!