$
11965.51 UZS
-46.79
₽
145.96 UZS
0.63
€
13437.27 UZS
-29.72
31° Kechasi 18°

Chatbot bilan muloqotda bo‘lgan 14 yoshli yigit o‘z joniga qasd qildi

10:02 / 24.10.2024

The New York Times gazetasi AQShning Florida shtatida istiqomat qiluvchi Megan L.Garsiya Character.ai ilovasini yaratgan kompaniyani sudga berdi. Sababi, uning 14 yoshli o‘g‘li Syuellning o‘limida bu ilovani ayblamoqda.

Onaning da’vosiga ko‘ra, mazkur texnologik kompaniya “xavfli va tekshirilmagan”, shuning uchun “yolg‘on bilan mijozlarini o‘zining shaxsiy fikri hamda hissiyotlarini ulashishga majburlashi” mumkin.

Character.ai ilovasi — neyron tili modelida ishlaydigan chatbot funksiyasiga ega ilovadir. Uning foydalanuvchilari muloqot uchun sun’iy intellekt asosida o‘z personajini yarata oladi.

NYT ma’lumotlariga ko‘ra, da’vogarning o‘g‘li Syuyell Zetser III uzoq vaqt davomida “Taxtlar o‘yini” serialidagi personaj — Deyeneris Targariyen sharafiga nomlangan chatbot bilan muloqot qilgan. O‘smirda botga nisbatan hissiy bog‘liqlik paydo bo‘lgan. Syuyell o‘z kundaligiga “Deni”ni sevib qolganini ham yozgan.

2024-yil boshida Syuyellning ota-onasi farzandi o‘z qobig‘iga o‘ralib qolayotganini sezishgan. Maktabda esa o‘zlashtirish bilan muammolari boshlangan. O‘smir psixoterapevtga yuborilgan va Syuyellga vahima hamda kayfiyatga ta’sir ko‘rsatadigan destruktiv buzilish tashxisi qo‘yilgan.

Chatbot bilan muloqoti davomida u o‘zini yomon ko‘rishini, ruhiy tushkun va barchasidan to‘yib ketgandek his qilishini, shuningdek, o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylayotganini yozgan. Yozishmalar davomida chatbot Syuyell o‘ziga zarar yetkazishiga yo‘l qo‘ymasligi haqida javob qaytargan. “Men seni yo‘qotsam, halok bo‘laman”, — deb yozadi chatbot. O‘smir esa unga “birgalikda o‘lishni” taklif qilgan. Syuyell 28-fevral kuni kechasi o‘z joniga qasd qilgan.

Character.ai vakillari 22-oktyabr kuni oxirgi olti oy davomida chatbotning faoliyatiga qator o‘zgartirishlar kiritilganini, xususan, 18 yoshdan kichik bo‘lganlarga cheklovlar o‘rnatilganini ma’lum qildi. Endi foydalanuvchi o‘ziga zarar yetkazadigan yoki o‘z joniga qasd qilishga bog‘liq biror jumlani yozsa, chatda uni bunday vaziyatdagi insonlarga yordam beradigan tarmoqqa yo‘naltiruvchi oyna paydo bo‘ladi.


Lifestyle


														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

														
														“Uyda yolg‘iz 2” filmi aktyori Tim Karri 80 yoshida vafot etdi

“Uyda yolg‘iz 2” filmi aktyori Tim Karri 80 yoshida vafot etdi

Britaniyalik aktyor Tim Karri 80 yoshida vafot etdi. U 25-avgust kuni Los-Anjelesdagi uyida hayotdan ko‘z yumgan. Aktyorning…
11:47 / 27.08.2026

Bu ham qiziq

Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Labo haydovchisi boshqaruvni yo‘qoti…
15:55 / 21.10.2026
Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Ukrainaning “Ukrainian News” axborot agentligi seshanba kuni xabar berishicha, mamlakat ichidagi uzoq muddatli elektr uzilis…
17:20 / 20.10.2026
O‘zbekistonda davlat tili talablariga zid 4,5 mingga yaqin yozuv aniqlandi

O‘zbekistonda davlat tili talablariga zid 4,5 mingga yaqin yozuv aniqlandi

O‘zbekistonda 2026-yil davomida reklama va tashqi yozuvlarning davlat tili talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘tkazilgan moni…
13:37 / 21.10.2026
Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Samarqand va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 5 kilogramm 527 gramm opiy moddasi musodara qil…
09:45 / 21.10.2026
O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni…
15:06 / 21.10.2026
Ta’lim vaziriga xodimlarni suhbat asosida ishga olish vakolati berildi.

Ta’lim vaziriga xodimlarni suhbat asosida ishga olish vakolati berildi.

Prezident qarori bilan, ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovga istisno vakolat berildi: u 2027-yil 1-fevralgacha vazir…
15:38 / 21.10.2026
O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan 558 nomdagi mahsulotning 73 tasi…
11:38 / 20.10.2026
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

20-oktabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
16:22 / 19.10.2026
Toshkentda kurer bilan janjallashgan restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda kurer bilan janjallashgan restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkent shahridagi “Brasserie Park” restorani oldida 17 yoshli kurer bilan janjallashib, uni haqorat qilgan erkak 5 sutkaga…
10:48 / 20.10.2026
Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Portugaliya futbol federatsiyasi Krishtianu Ronalduni bir oy muddatga milliy terma jamoa safidagi o‘yinlardan chetlatdi va u…
10:36 / 20.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!