“Dok-1 Maks” dori vositasidan jabrlangan 85 nafar fuqaro foydasiga jami 78 mlrd so‘m zarar undirish bo‘yicha ijro ishlari davom etmoqda. Bu haqda 4-oktabr kuni jabrlanganlarga kompensatsiya mablag‘lari to‘lab berilmayotgani haqidagi xabarlar ortidan ma’lum qilindi.
Sudlarning ijro hujjatlariga asosan qarzdor S. Kariev va boshqalardan 85 nafar fuqaro foydasiga jami 78 mlrd so‘m zarar undirish to‘g‘risida ijro ishlari mavjud.
Ijro harakatlari davomida S. Karievga tegishli Chilonzor tumani, 1-Qatortol MFY, Qatortol 3-tor ko‘chasidagi turar joy binolari hamda “Beshyog‘och” MFY, Furqat ko‘chasidagi noturar joy binosi xatlanib, onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan. Furqat ko‘chasidagi noturar joy binosi auksionda sotilib, 793 mln so‘m mablag‘ kelib tushgan. Narxi 7,1 mlrd so‘mga baholangan Qatortol 3-tor ko‘chasidagi turar joy binolari bo‘yicha esa auksion savdolari davom etmoqda.
Auksion savdolaridan tushgan mablag‘lar hamda qarzdor S. Karievning oila a’zolari tomonidan to‘langan pullar hisobidan undiruvchilarga jami 16,7 mlrd so‘m mablag‘ “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 80-moddasiga asosan teng taqsimlab berilgan.
Hozirgi kunda S. Kariev va boshqalardan jami 61,3 mlrd so‘m zarar undirish bilan bog‘liq ijro ishlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!