Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida maktab direktori fuqaroning ishga kirishiga ko‘maklashish evaziga 600 AQSH dollari pora olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Qarshi shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori D.S. fuqaro G.Sh.ni ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatida ishga kiritib qo‘yish evaziga 600 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi — pora olish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozircha ish bo‘yicha tergov jarayonlari davom etayotgani ma’lum qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!