Mehnat migratsiyasida vafot etgan shaxsning jasadini O‘zbekistonga olib kelish xarajatlari Migratsiya jamg‘armasi tomonidan qoplanadi. Bu haqda “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha norma 7-fevral kuni kiritildi.
Unga ko‘ra, mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadini olib kelishni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar endi Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Mablag‘lar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi orqali qonunchilikda belgilangan tartibda ajratiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!