Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa ravnaq tiladi. Suhbatda Putinning zamonaviy Rossiyani barpo etishdagi tarixiy roli hamda O‘zbekiston–Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi qayd etildi.
Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanayotganini ta’kidladi. O‘zaro savdo hajmi, sanoat, energetika va boshqa ustuvor sohalarda yetakchi korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiya ko‘lami ortib borayotgani qayd etildi.
Farg‘ona shahrida yaqinda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda Hududlar kengashining uchinchi yig‘ilishi natijalari ham yuqori baholandi. Shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlar, jumladan, O‘zbekistonda Rossiya san’ati festivali va Moskvada o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlari haqida so‘z yuritildi.
Muloqot davomida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!