$
11965.51 UZS
-46.79
₽
145.96 UZS
0.63
€
13437.27 UZS
-29.72
31° Kechasi 18°

Dunyoning eng boy oshpazlaridan biri – Burak Ozdemir mashhurligining siri

14:40 / 29.05.2022

Dunyoning eng boy oshpazlaridan biri Burak O‘zdemir 1994 yil 24 martda Turkiyaning Yayladag‘i shahrida tug‘ilgan. CZN’ Burak Ozdemirning taxallusi bo‘lib, otasining Lalelidagi to‘qimachilik do‘konining nomi – Cinzano so‘zining noto‘g‘ri talaffuz qilinishidan kelib chiqqan.

Istanbullik 28 yoshli oshpaz Burak O‘zdemir o‘zining samimiy tabassumi, shuningdek, tayyorlagan ajoyib taomlari bilan butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Asosiy e’tibor yegulik ta’mining mukammalligida emas, balki uning o‘lchamidadir.

Dastlab Burak ovqat pishirish haqida umuman o‘ylamasdi. Aksariyat o‘g‘il bolalar singari u ham futbol o‘ynashni yaxshi ko‘rar, mashhur futbolchi bo‘lishni orzu qilar edi. Biroq 13 yoshida oiladagi og‘ir moddiy ahvol tufayli ishlashga majbur bo‘ladi.

Ota-onasining o‘z restorani bor edi. Aynan o‘sha yerda yosh yigitcha qo‘shimcha pul ishlay boshladi va oshpazlik tajribasiga ega bo‘ldi. Ammo mazali palovi va mashhur kabobi tufayli Ozdemirda milliy turk oshxonasiga muhabbatni o‘zining kichik qassobxonasi bo‘lgan bobosi va buvisi singdirgan.

2009 yilda otasi Burakni Istanbulning Aksaray chekkasiga yubordi, u yerda 16 yoshli bolaning yelkasiga katta mas’uliyat yuklandi: unga oilaviy biznesning yangi filialini ochish vazifasi topshirildi.

Ozdemir boshida unga deyarli hech kim ishonmaganini shunday eslaydi:

“Bu yerni otam ochgan, menga boshqara olmasligimni aytishdi. Lekin bu mening uyim edi, shunchaki biznes emas. Keyin oshpazdan tortib ofisiantgacha har bir xodimga bu yer meniki emas, bizniki, dedim. Buning sharofati bilan muvaffaqiyatga erishdik. Otamdan o‘rnak olib, uning izidan bordim”.

Yosh oshpaz boshchiligidagi oilaviy restoran mashhur edi, lekin boshqa ko‘plab muassasalardan unchalik farq qilmadi. Keyin yigit bir fikrga keldi: u imkoniyatdan foydalanishga qaror qildi va ulkan idishlarda taom tayyorlashni boshladi. Shunday qilib, bir vaqtning o‘zida ikkita tuyaqush tuxumidan omlet pishiradigan oshpaz, shunigdek, bir metr uzunlikdagi kabob va ko‘proq to‘y tortiga o‘xshash burger haqidagi mish-mish butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi.

Biznes shu qadar muvaffaqiyatli bo‘ldiki, bir necha yil o‘tgach, Burak Istanbulga ko‘chib o‘tishga qaror qildi va u yerda, shahar markazida yangi, eng muhimi o‘zining “Hatay Medeniyetler Sofrasi” restoranini ochishga qaror qildi. Muassasa nomi tasodifan tanlanmagan. Birinchi so‘z Hatay Turkiyaning janubidagi mintaqadir. Dastlab Burakning oilasi aynan shu yerda istiqomat qilgan.

Bugungi kunda “Hatay Medeniyetler Sofrasi” nafaqat mahalliy aholi, balki butun dunyodan kelgan sayyohlar orasida ham juda mashhur. Istanbulda ushbu tarmoqning bir nechta restoranlari mavjud va Ozdemir Yaqin Sharqda yangi muassasalar ochishni rejalashtirmoqda.

Hozirda Burakning restoranlari o‘zining ulkan ovqatlari bilangina emas, balki turli xil servislari bilan ham mashhur. Menyuda 150 dan ortiq taomlar mavjud bo‘lib, ularning har biri uchun alohida xizmat ko‘rsatiladi. “Hatay Medeniyetler Sofrasi”ning o‘ziga xos xususiyati mijozning nomi yozilgan pishiriqlardir. Burak taomning tashqi ko‘rinishi ta’midan kam emas, deb hisoblaydi.

Burak Ozdemir o‘zining ijtimoiy tarmoqlari – You tube va Instagram’da oshpazlikning asl durdonalarini e’lon qiladi. U oddiy oshpazlikdan nafaqat oshpazlik san’atining haqiqiy professionaliga, balki ijtimoiy tarmoq yulduziga ham aylandi. Oshpazning Instagram blogida 38 millionga yaqin obunachi mavjud. 

Bundan tashqari CZN Burak dunyoning eng mashhur shahslari (futbolchilar, aktyorlar,media vakillari) va iijtimoiy ko‘makka muhtoj bolalar bilan uchrashib, ular bilan birga taom tayyorlaydi.

So‘nggi kunlarda uning saratonga chalingani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq Ozdemir sog‘ligi bilan bog‘liq vaziyatda barchasi joyida ekanini ma’lum qildi.

Bugungi kunda uning shaxsiy boyligi 11,2 mln. AQSH dollariga teng.


Qiziqarli


														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

														
														11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

AQSHda 2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi Jahon savdo markazi hududidagi havo sifati bo‘yicha yetarli…
15:58 / 09.09.2026

Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva Janett Rubio bilan Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Saida Mirziyoyeva Janett Rubio bilan Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

“AQSh Davlat kotibining rafiqasi Janett Rubio bilan birgalikda Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildik”, – Preziden…
17:46 / 19.10.2026
O‘zbekistonda 2,8 mln kishi o‘ziga kredit olishni taqiqladi

O‘zbekistonda 2,8 mln kishi o‘ziga kredit olishni taqiqladi

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2 mln 841 ming 475 nafar fuqaro “Kreditga taqiq” xizmatidan foydalangan. Bu…
09:28 / 20.10.2026
Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026/2027-yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchisi bo‘lishi ku…
15:35 / 19.10.2026
20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026
22-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

22-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

TOSHKENT SHAHRI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kecha…
15:59 / 21.10.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi.

Muhim minerallarni chuqur qayta ishlash, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish va sun’iy intellektni joriy …
08:19 / 20.10.2026
Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 2025-yil yanvarida boshlangan ikkinchi prezidentlik muddati davomida 300 mingdan or…
09:23 / 21.10.2026
Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

2026-yil 14-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Makka mintaqasida masjid ichida nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan …
17:31 / 20.10.2026
Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Ukrainaning “Ukrainian News” axborot agentligi seshanba kuni xabar berishicha, mamlakat ichidagi uzoq muddatli elektr uzilis…
17:20 / 20.10.2026
O‘zbekistonda “Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi.

O‘zbekistonda “Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi.

Bu haqda kecha, 21-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish tizimini …
08:28 / 21.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!