Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqarolardan kelib tushgan bir qator murojaatlar asosida blogerlar Furqat Ro‘zmetov va Azamat Avezovga nisbatan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Qo‘lga olinganlarga JKning quyidagi yettita moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan:
- 139-modda (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari;
- 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (tovlamachilik); - 168-modda (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari; - - 198-moddaning 3-qismi (ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish);
- 228-modda 2-qismi “b” bandi, shuningdek, 228-modda 3-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish);
- 229-modda (o‘zini o‘zi boshqarish) ;
- 244-6-modda 3-qismi “v” bandi (yolg‘on axborot tarqatish).
Mazkur jinoyat ishi doirasida Furqat Ro‘zmetov va Azamat Avezovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatlari natijasida jabrlangan fuqarolardan Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limiga murojaat qilish so‘ralgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!