“PSJ” hujumchisi va “Oltin to‘p – 2025” sohibi Usmon Dembele unga namuna bo‘lgan futbolchilar haqida gapirdi. “Barselona”safida Lionel Messi bilan birga o‘ynash men uchun katta maktab bo‘ldi. U “soxta to‘qqizlik” sifatida maydonda harakat qilardi, driblingi va raqiblarni aldash mahorati hayratlanarli edi. Serxio Busketsning aniq paslari tufayli Messining o‘yini yanada osonlashardi”— dedi Dembele.
Fransiyalik futbolchi, shuningdek, bugungi futbolning ikki yulduzi — Xarri Keyn va Kilian Mbappeni diqqat bilan kuzatishini ta’kidladi. “Ularning gol urish qobiliyati va samaradorligidan o‘rganadigan juda ko‘p jihatlar bor” — deya qo‘shimcha qildi u.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!