$
12014.48 UZS
-39.55
166.61 UZS
-0.44
13858.70 UZS
-73.35
31° Kechasi 18°

Britaniyalik qassob temir davriga oid eng yirik oltin tangalar xazinasini topib oldi

19:04 / 23.05.2022

Sarguzashtlar ishqibozi va arxeolog Jorj Ridjuey Sharqiy Angliyaning Ipsvich shahridan Rim imperiyasi va temir davriga oid 748 ta oltin va kumush tangalarni topdi

Qayd etilishicha, bu bir necha yil oldin sodir bo‘lgan, ammo tafsilotlar yaqindagina ommaga e’lon qilingan.

31 yoshli Jorj qassob bo‘lib, bolaligidanoq Xarrison Fordning “Indiana Jons” filmiga havas qilib kelgan. U yoshligidanoq kovboylar singari shlyapa kiyib, qo‘lida qamchi ko‘tarib yuradi.

U 2019 yilning sentyabrida “Google Earth” xaritalarini ko‘zdan kechirayotib, Ipsvich yaqinidagi Suffolkda g‘ayrioddiy dala sxemasiga duch keldi. So‘ngra metall detektorni olib, safarga otlanadi.

Ridjuey u yerda miloddan avvalgi 46-47 yillarga oid Yuliy Syezarning kumush dinorini topadi. Yana bir necha soatlik qidiruvdan so‘ng yana 180 dona tanga topiladi, so‘ngra singan qozon qismlari va boshqa tangalar “ko‘rinish beradi”. Uning fikricha, bu pullarning barchasi bitta kesh sifatida birga ko‘milgan.

Arxeologlar bilan ishlagan holda, qolganlarini – jami 748 dona tangani qazib olish uchun taxminan uch oy vaqt ketgan.

Britaniya Temir davri xazinalari va Rim tangalari muzeyi kuratori doktor Eleanor Xeyning aytishicha, bu hozirda Britaniyada topilgan eng katta qimmatbaho metallar xazinasi bo‘lib, Klavdiy I hukmronligi davriga (mil. 41-54 yillar) to‘g‘ri keladi.

“Bu g‘ayrioddiy topilma, chunki xazinada keltlar yetakchisi Kunobelinus (Shimoliy Temza mintaqasini boshqargan va Kolchesterda bazasi bo‘lgan) davridagi temir davri tangalari Rim tangalari bilan birlashtirilgan. Sharqiy Angliyada topilgan boshqa aralash xazinalar odatda Rim tangalarini Norfolk va Suffolkdagi mahalliy temir davri Sharqiy Angliya tangalari bilan birlashtiradi”, – deydi Xey.

Muzey vakili Klavdiyning mil. 43-yilda – Buyuk Britaniya rimliklar tomonidan bosib olinishidan sal avval zarb qilingan oltin tangaga alohida e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday tangalar juda kam uchraydi.

Hozirda xazinani Londondagi Britaniya muzeyi vakillpri tomonidan baholash jarayoni ketmoqda. Ushbu yodgorliklar uchun yakuniy mukofot Jorj Ridjuey va xazina topilgan Suffolkdagi yer egasi o‘rtasida bo‘linadi.

Ridjueyning o‘zi bu topilmani hayratlanarli va aqlbovar qilmas, deb atagan, biroq u buni foyda uchun emas, balki tarixiy topilmalarni qidirish uchun qilganini ta’kidladi.

Jorj xazina yaqinida qadimiy Rim shaharchasi bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi. Endi u mahalliy arxeologlar bilan birgalikda shaharni topib, uni o‘rganishga harakat qilmoqchi ekanini ma’lum qilgan.


Qiziqarli


														
														JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

Bu ko‘rsatkich 2022-yil Qatar chempionatiga nisbatan 1,1 foizga yuqori bo‘lsa-da, umumiy ta’sir dinamikasi pasayib borayotga…
18:04 / 21.03.2026

														
														“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

2025-yili “Safia” brendi ostida faoliyat olib boruvchi “Madina-Qandolat” MChJ 1,2 trln so‘m daromad oldi. Bu haqda iHamkor.u…
15:39 / 19.03.2026

														
														Finlandiya sakkizinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi

Finlandiya sakkizinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi

Tadqiqotda insonlarning hayotdan qoniqish darajasi, ishonch, xavfsizlik va kelajakka ishonch kabi omillar baholangan. Mutaxa…
08:29 / 04.02.2026

														
														ChatGPT Yaponiyadagi kirish imtihonida eng yuqori ballni to‘pladi

ChatGPT Yaponiyadagi kirish imtihonida eng yuqori ballni to‘pladi

Bu haqda SI tizimlarini taqqoslagan LifePrompt kompaniyasi hisobotida qayd etilgan.
16:04 / 22.01.2026

														
														ChatGPT’ning bepul versiyalarida reklamalar paydo bo‘ladi

ChatGPT’ning bepul versiyalarida reklamalar paydo bo‘ladi

OpenAI kompaniyasi ChatGPT chatbotining bepul versiyasi va Go modeliga reklama kiritilishini e’lon qildi. Bu haqda OpenAI ra…
14:17 / 18.01.2026

														
														2026-yilda dunyoning eng boy insonlari ro‘yxati e’lon qilindi

2026-yilda dunyoning eng boy insonlari ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyoning eng boy 20 nafar milliarderining jami sarmoyasi taxminan 3,8 trillion dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich dunyod…
15:45 / 15.01.2026

														
														Endi ChatGPT odamlarga ish topishda ko‘maklashadi

Endi ChatGPT odamlarga ish topishda ko‘maklashadi

Ma’lum bo‘lishicha, yangi funksiya ChatGPT’ni kundalik vazifalarni hal qilishda universal ilovaga aylantirishga qaratilgan n…
17:22 / 14.01.2026

														
														Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Endi foydalanuvchilar Alisaga o‘zbek tilida savol berishlari mumkin va u ruscha yoki o‘zbekcha javob bera oladi.
09:45 / 24.09.2025

														
														Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Marosimda Iphone 17 modeli ham taqdim etilishi kutilmoqda
19:36 / 09.09.2025

														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

Bu ham qiziq

Jurnalistlar surishtiruvlari ortidan 159 milliard so‘mlik qonunbuzilishlar fosh etildi

Jurnalistlar surishtiruvlari ortidan 159 milliard so‘mlik qonunbuzilishlar fosh etildi

O‘zbekistonda jurnalistlar va blogerlar tomonidan e’lon qilingan materiallar asosida 2026-yilning dastlabki besh oyida qiyma…
12:05 / 11.06.2026
O‘zbekistonda OAVlar uch yilga foyda solig‘idan ozod etilishi mumkin

O‘zbekistonda OAVlar uch yilga foyda solig‘idan ozod etilishi mumkin

O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi…
17:32 / 13.06.2026
Dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.
15:34 / 12.06.2026
Namangan tumanida 155,5 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari musodara qilindi

Namangan tumanida 155,5 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari musodara qilindi

Namangan tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida muomalaga kiritilishi rejalashtirilgan 155,5 million so‘mlik sifati kaf…
10:41 / 13.06.2026
34 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

34 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 34 kilogrammda…
11:57 / 12.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘alni noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi

Qashqadaryoda qum-shag‘alni noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi

Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan tekshiruv va tezkor tadbirlar davomida qum hamda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazi…
15:39 / 13.06.2026
3 yoshli bola bog‘cha transportida unutilib, vafot etdi​

3 yoshli bola bog‘cha transportida unutilib, vafot etdi​

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida oilaviy nodavlat bog‘cha xodimlarining e’tiborsizligi sababli 3 yoshli tarbiyalanu…
12:44 / 11.06.2026
Angrenda 344 marta qoidabuzarlik sodir etgan Spark aniqlandi

Angrenda 344 marta qoidabuzarlik sodir etgan Spark aniqlandi

Toshkent viloyatining Angren shahrida yo‘l harakati qoidalarini 344 marta buzgan Spark avtomobili aniqlandi.
10:50 / 13.06.2026
Rasman! Joze Mourinyo “Real Madrid” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Rasman! Joze Mourinyo “Real Madrid” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo rasman “Real Madrid” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati m…
08:28 / 12.06.2026
Korrupsiyaga oid ikki holat fosh etildi: profilaktika inspektorlari ushlandi

Korrupsiyaga oid ikki holat fosh etildi: profilaktika inspektorlari ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sama…
12:00 / 11.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!