Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning 96 yoshni qarshi olishi munosabati bilan Amerikaning “Martell“ kompaniyasi uning qiyofasiga ega boʻlgan Barbi qoʻgʻirchogʻini ishlab chiqardi. Qoʻgʻirchoqqa ”Queen” deya nom berilgan boʻlib, narxi 75 AQSh dollarini tashkil qilmoqda.

Qoʻgʻirchoqqa fil suyagi rangidagi libos kiydirilgan va kichik medalonlar bilan bezalgan koʻk tasma taqilgan. Boshidagi toj esa Yelizaveta II toʻyi kunida taqqan afsonaviy tojning kichik namunasi hisoblanadi.

Qoʻgʻirchoq Bukingem saroyining Taxt joylashgan zali koʻrinishidagi quti ichida joylangan. Oʻyinchoqni internet orqali “Martell” kompaniyasining rasmiy saytidan sotib olish mumkin.

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!