Mariam Nabatanzi Babirye yoki “Ona Uganda” sifatida ham tanilgan ayol 44 nafar farzandni dunyoga keltirgan.
2023-yil aprel holatiga ko‘ra, uning katta farzandlari yigirma sakkiz yoshda, eng kichigi olti yoshda edi. U yolg‘iz ona, 2015-yilda uni eri tashlab ketgan.

Taxminan 1980-yilda tug‘ilgan Babirye birinchi marta 13 yoshida farzandli bo‘ldi, 2022-yilda esa ikkinchi bor turmushga chiqdi. 36 yoshga kelib, u jami 44 farzandni dunyoga keltirdi, jumladan, uchta to‘rtalik egizak, to‘rtta uch egizak va oltita egizak, jami o‘n besh marta tug‘ruqni boshdan o‘tkazdi. Uning faqat egizaklarni dunyoga keltirishi noyob genetik holat tufayli yuzaga kelgan.

Babirye allaqachon qaynona. Uning oilasida jami oltmish olti kishi, jumladan, uning bolalari, nabiralari va kelinlari yashaydi. Babirye sartarosh, tikuvchi, bog‘bon bo‘lib ishlaydi. Yashash uchun asosiy mablag‘lar homiylar va ehsonlar orqasidan kelgan. Ayolning 44 nafar farzandidan 38 nafari tirik qolgan. Qolganlari turli sabablarga ko‘ra halok bo‘lishgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!