$
11794.88 UZS
-25.52
138.67 UZS
-0.38
13685.60 UZS
1.12
31° Kechasi 18°

Shaxmat: Oʻzbekiston terma jamoasi muddatidan avval jahon chempionatining chorak finaliga chiqdi

11:21 / 22.11.2022

Isroilda shaxmat boʻyicha FIDE jamoalar oʻrtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.

Unda ishtirok etayotgan Nodirbek Yakkuboev, Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidov, Ortiq Nigmatov va Abdimalik Abdisalimovlardan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatining kecha, 3 va 4-tur oʻyinlari oʻtkazilib, Oʻzbekiston terma jamoasi muddatidan avval chorak final masalasini hal qildi.

Vakillarimiz joy olgan “B” guruhida deyarli barcha jamoalarda keyingi bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib turibdi.

Kecha oʻtgan 3-tur bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari AQSh vakillariga qarshi dona surdi. Unda 3 nafar oʻzbekistonlik shaxmatchi raqiblari bilan durang natijaga erishgan boʻlsa, Javohir Sindarov — Lazaro Bruzon uchrashuvida Sindorovning qoʻli baland keldi. Natija Oʻzbekiston-AQSh — 2,5-1,5 koʻrinish oldi.

Shuningdek, ushbu turdagi markaziy oʻyinlardan biri Hindiston- Ozarbayjon oʻrtasida kechdi. Shaxriyor Mamedyarov yetakchiligidagi ozarbayjonliklar hind jamoasini 2,5-1,5 hisobida dogʻda qoldirdi va bu qaysidir maʼnoda hamyurtlarimizning yetakchi oʻringa chiqib olishiga hissa qoʻshdi.

4-turda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari turnirning va guruhning eng kuchli jamoalaridan biri boʻlgan hindistonliklar bilan roʻbaroʻ keldi va shaxmat vatani vakillarini 3,5-0,5 hisobida magʻlub etdi hamda “B” guruhida yetakchiligini mustahkamlab oldi.

Aynan ushbu yutuq hamyurtlarimizning bugun, 22-noyabr kungi oʻyinlari qanday yakun topishidan qatʼi nazar keyingi bosqichga chiqishini taʼminladi.

“A” guruhidagi oʻyinlarda eng yuqori reytingga ega jamoa Fransiya kecha oʻtkazilgan 3-turda Ispaniya bilan durangga erishdi va umumiy ochkolar sonini 5 taga yetkazib oldi.

Xitoy shaxmatchilari kutilmaganda Ukrainani 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib, ochkolar sonini 8 taga yetkazgan holda guruh peshqadamligiga erishdi. Ushbu guruhda bahs yuritayotgan Isroil Polsha jamoasi bilan murosa yoʻlini tanladi.

Ortda qolgan oʻyinlar sarhisobiga koʻra, “A” guruhida jamoalarning joylashuvi quyidagi koʻrinishni olgan.

Xitoy-8 (13), Fransiya-5 (9,5), Ukraina-5 (9), Ispaniya — 4 (7,5) Niderlandiya — 2 (7,5), Janubiy Afrika – 0 (1,5).

“B” guruhida esa Oʻzbekiston-6 (10), Ozarbayjon-5 (9), Isroil-4 (8), Hindiston 4- (7), Polsha — 3 (7,5), AQSH — 2 (6,5) ochkolarga ega boʻlib turibdi.

Bugun, 22-noyabr kuni jahon chempionatining 5-tur oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Mazkur bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi “B” guruhdagi soʻnggi oʻyinini Polsha jamoasiga qarshi oʻtkazsa, Hindiston-AQSh, Ozarbayjon-Isroil bilan kuch sinashadi.

“A” guruhida Niderlandiya-Ukraina, Fransiya-Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasi-Ispaniya uchrashuvlari oʻtkaziladi.

Jahon chempionatining gʻolib va sovrindor jamoalari 26-noyabr kuni aniqlanadi.



														
														"Bunyodkor" klubiga 5 milliard so‘m ajratildi

"Bunyodkor" klubiga 5 milliard so‘m ajratildi

Qayd etilishicha, mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-martdagi PQ-107-sonli "Sport sohasini moliyala…
18:08 / 01.08.2026

														
														“Menga hurmatsizlik qilmang” – Messi

“Menga hurmatsizlik qilmang” – Messi

Messi portugaliyalik hakamga e’tiroz bildirdi.
17:03 / 12.07.2026

														
														Rio Olimpiadasi chempioni YTHdan so‘ng mast holda ushlandi

Rio Olimpiadasi chempioni YTHdan so‘ng mast holda ushlandi

2016 yilgi Olimpiya chempioni, qozog‘istonlik bokschi Daniyar Yeleusinov Ostona shahrida mast holda avtomobil boshqarib, ikk…
10:11 / 10.07.2026

														
														FIFA Balogunni 40 ming dollar jarimaga tortdi

FIFA Balogunni 40 ming dollar jarimaga tortdi

FIFA Intizom qo‘mitasi AQSH milliy terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunni Jahon chempionati 1/8 finalida Bosniya va Gers…
10:40 / 07.07.2026

														
														Ronaldu jahon chempionatlari pley-off bosqichidagi ilk golini urdi

Ronaldu jahon chempionatlari pley-off bosqichidagi ilk golini urdi

Ronalduning Jahon chempionatlarida kiritgan umumiy hisobdagi gollari soni 11 tani tashkil qilmoqda.
16:50 / 03.07.2026

														
														The Ring reytingi yangilandi: Madrimov to‘rtinchi pog‘onada

The Ring reytingi yangilandi: Madrimov to‘rtinchi pog‘onada

Yangilangan The Ring reytingida Isroil Madrimov o‘z o‘rnini saqlab qoldi.
16:52 / 01.07.2026

														
														Turkiyaning TOP klubi Shomurodovga qiziqish bildirmoqda

Turkiyaning TOP klubi Shomurodovga qiziqish bildirmoqda

O‘zbekiston terma jamoasi va “Istanbul Bashakshehir” hujumchisi Eldor Shomurodovga Turkiyaning boshqa futbol klublari qiziqi…
16:31 / 26.06.2026

														
														“Shunday kunlar keladiki, hali Portugaliya O‘zbekistondan qo‘rqib maydonga tushadigan bo‘ladi” – Ravshan Ermatov

“Shunday kunlar keladiki, hali Portugaliya O‘zbekistondan qo‘rqib maydonga tushadigan bo‘ladi” – Ravshan Ermatov

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Portugaliyaga qarshi uchrashuvdagi yirik hisobl…
17:05 / 24.06.2026

														
														Husanov Mbappeni ortda qoldirdi

Husanov Mbappeni ortda qoldirdi

Abduqodir Husanov tezlik bo‘yicha Kilian Mbappeni ortda qoldirdi.
15:55 / 21.06.2026

														
														Mundialni tark etishi aniq bo‘lgan Turkiya yetakchisi Arda Guler xalqidan uzr so‘radi

Mundialni tark etishi aniq bo‘lgan Turkiya yetakchisi Arda Guler xalqidan uzr so‘radi

Paragvay bilan bo‘lgan murosasiz o‘yinda (1:0) mag‘lubiyatga uchragach, Turkiya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi…
13:26 / 20.06.2026

Bu ham qiziq

Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xorazm viloyatining Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi.
14:31 / 19.08.2026
Avtobuslarda yo‘lkira to‘lamaganlarga jarima 10 baravargacha oshirilishi mumkin

Avtobuslarda yo‘lkira to‘lamaganlarga jarima 10 baravargacha oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda avtobus, trolleybus va tramvaylarda yo‘lkira to‘lamay yurgan yo‘lovchilarga nisbatan jarimalarni oshirish takl…
15:01 / 17.08.2026
Xitoyda qishloq uyining bir qismi qulab tushdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda qishloq uyining bir qismi qulab tushdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Sichuan provinsiyasida oilaviy tadbir vaqtida uyning bir qismi qulab tushishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 17 k…
09:54 / 19.08.2026
Qurilish asboblari ichidan sintetik narkotik moddalar aniqlandi

Qurilish asboblari ichidan sintetik narkotik moddalar aniqlandi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xod…
16:08 / 19.08.2026
Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

“Paxtakor”ning Osiyo Chempionlar ligasi Elita turniri asosiy bosqichidagi taqvimi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Toshkent klubi …
11:47 / 19.08.2026
Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berildi.
09:46 / 17.08.2026
Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz rahbari.

Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz rahbari.

Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga sarmoyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollar…
11:31 / 18.08.2026
Xorijga ishga yuborish va viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi

Xorijga ishga yuborish va viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamko…
09:58 / 17.08.2026
O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga salkam 4 mlrd so‘m zarar yetdi

O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga salkam 4 mlrd so‘m zarar yetdi

O‘zbekistonning bir qator hududlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq yirik qoidabuzarliklar aniqla…
15:09 / 17.08.2026
Tarkibida psixofaol va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar fosh etildi

Tarkibida psixofaol va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar fosh etildi

Toshkent xalqaro aeroportida kannabis moyi va psixofaol qo‘ziqorinlar aniqlandi
09:40 / 19.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!